Afgʻon mumtoz adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshgan shoirlardan biri. Abdulhamid 17 asrning 60−yillarida dunyoga kelgan va tahminan 1732-yillarda vafot etgan. Abdulhamidning sheʼrlari „ hind uslubi“da yozilgan."Hind uslubi" deganda, sharq va gʻarb olimlari, avvalo,Iroq va Xuroson uslublaridan farqli oʻlaroq sheʼrning falsafiyligini, obrazlarini nihoyatda murakkablashib ketganligiga bildiruvchi uslubga aytiladi. Abdulhamid sheʼriyatida, asosan, ishq−muhabbat, tasavvuf va boshqa anʼanaviy mavzular kuylanadi. Abdulhamid Muhammad Akram Gʻanimat degan shoirning „Nayrange ishq“ masnaviysini fors tilidan pushtu tiliga erkin tarjima qilgan. Abdulhamid SHayx Saʼdiy va Hofizlarning gʻazallarini pushtu tiliga tarjima qilgan.1975−yilda Moskvada afgʻon olimlari Zevariddin Mirojiddin Abdulhamid poeziyasining tili haqida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Abdulhamidning koʻpgina sheʼrlari rus tiliga ham tarjima qilingan.


Adabiyotlar

tahrir
  1. Gerasimov A.Literatura Afganistana.
  2. Afgʻon shoirlari.(toʻplovchi A. Gʻaniyev)
  3. Afganskaya klasssicheskaya poeziya. M.1975.