Abdulixat Abbosov
Abdulixat Umarovich Abbosov (1929-yil 30-sentyabr — 1996-yil 11-avgust) – sovet harbiy suv osti kemasi va harbiy qoʻmondoni. Sovet Ittifoqi Qahramoni (16-dekabr 1981-yil), kontr-admiral (22-fevral 1983-yil)[1].
Abbosov Abdulixat Umarovich | |
---|---|
Tavalludi |
30-sentyabr, 1929-yil |
Vafoti |
11-avgust 1996-yil (66 yoshda) Moskva Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR |
Faoliyat yillari | 1950-yil-1958-yil |
Dini | Musulmon |
Unvoni | Kema komandiri |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAbbosov Abdulixat Umarovich 1929-yil 30-sentyabrda Nijniy Novgorod viloyatining Pilninskiy tumanida tugʻilgan. 1930-yilda uning oilasi Moskvaga koʻchib oʻtgan. 1942-1945-yillarda kasb-hunar bilm yurtining ishab chiqarish korxonasida duradgor boʻlib ishlagan. 1946-yil maktabning 7-sinfini tugatib, 1947-yilda Leningradda joylashgan yosh radiometrlar maktabida oʻqigan. 1950-yilda Lelingrad dengiz flotini tayyorlov maktabini tamomlagan.
Faoliyati
tahrir1959-yilda harbiy dengiz floting oliy maxsus ofitserlik toifalarini tamomlab, shimoliy flotda suv osti kemalari kamandirlarining yordamchisi sifatida ish boshlagan. 1962-yilning dekabr oyida qurilgan K-123 yadroviy suv osti kemasining qoʻmondoni boʻlgan. SSSR Oliy Sovet Prezidiumining 1981-yil 16-dekabrdagi farmoni bilan Abbosov Abdulixat Umarovich yangi xarbiy texnikalarni sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1979-yil sentyabr oyida "Harbiy-dengiz kuchlarini tayyorlash markazida oʻquv ishlar boʻyicha boshliq oʻrinbosari lavozimida ishlagan[2]. 1983-yilning oktyabr oyiga kelib Abbosov Abdulixat shu markazni boshligi‘ lavozimiga tayinlandi. 1983-1988-yillarda harbiy dengiz kuchlarining jangovor tayyorgarlik boshqarmasing boʻlim boshligʻi lavozimida ham faoliyat yuritgan. Abbosov Abdulixat Umarovich 1996-yil 11- avgustda vafot etgan va Moskvadagi Danilovskiy musulmonlar qabristoniga dafn etilgan[3].
Harbiy unvonlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Lure V. Podvodniki – Geroi Sovetskogo Soyuza. Abbasov Abdulixat Umarovich. // Морской сборник. – 2008. – № 1. – S. 85—86.
- ↑ Pamyatnie dati. Yubiley „Visshey shkoli“ podvodnogo flota Rossii. // Морской сборник. – 2016. – № 6. – S.21-22.
- ↑ Moskovskiy nekropol Geroev. Tom 1. – M., 2011.