Abdulkarim Nodirposho
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (Yanvar 2024) |
Abdulkarim Nodirposho (1807-1885.2, Meteliya) — turk harbiy arbobi. Rossiya-Turkiya urushi (1828-29) qatnashchisi. 1853-56 yillardagi Qrim urushi davrida Anadolu armiyasiga qoʻmondonlik qilgan. 1862-yilda Chernogoriya-Turkiya urushida qatnashgan. 1876-yilda Murod V hukumatida harbiy vazir. Serbiya-Turkiya urushi (1876)da Turkiya armiyasiga qoʻmondonlik kilib, serblarni tor-mor qilgan. 1877-1878 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi boshlarida turklarning Bolqon yarim oroldagi armiyasiga qoʻmondon. Urushdagi magʻlubiyatlar sa-babli qoʻmondonlikdan chetlatilib avval Lemnos orolga, soʻngra Rodos orolga surgun qilingan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |