Andoza:Wikidata image

Abdulkarim al-Jiyliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1365-1366-yil (hijriy 767-yil)
Vafoti milodiy 1428-yil (hijriy 832--yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi mutasavvif olim, so‘fiy

Abdulkarim al-Jiyliy (arabcha: عبد الكريم الجيلي — Qutbuddin Abdulkarim ibn Ibrohim ibn Abdulkarim al-Jiyliy) — mutasavvif olim, so‘fiy.

Hayoti

tahrir

Abdulkarim al-Jiyliy 1365–1366-yillarda Jiylda tavallud topgan.

Ibn al-Arabiy taʼlimotining izdoshi. Abdulqodir al-Jiyloniy asos solgan qodiriyya tariqati vakili. Manbalarda Abdulkarim al-Jiyliy Abdulqodir al-Jiyloniy nabirasining o‘g‘li degan maʼlumotlar ham uchraydi.

Abdulkarim al-Jiyliy ko‘p sayohat qilgan. Yoshlik yillarida fors o‘lkasiga safar qilgan. U yerdan hind diyoriga safar qilgan. Bu o‘lkalarda u fors va hind tillarini o‘rgangan. 796/1394-yilda Hindistondan arab diyorlaridan sanalgan Yaman mamlakatining Zabid shahriga keladi. Bu vaqtda u o‘ttiz yoshda bo‘lgan. U bu yerda ustozi qodiriyya tariqatining vakili Shayx Sharafuddin Ismoil ibn Ibrohim al-Jabartiy (hijriy 806-yilda (milodiy 1403) vafot etgan) bilan uchrashadi va unga murid tushadi. 1396-yilda (hijriy 799) Makkaga, 1400-yilda (hijriy 803) Qohiraga boradi. U yerda Azhar shayxlari bilan ilmiy bahslar olib borgani haqida maʼlumotlar uchraydi. Qohiradan Gʻazoga borib, 1402-yilda (hijriy 805) Yamanga qaytadi. Umrining oxirigacha o‘sha yerda qoladi. Tadqiqotchilarning fikricha, Abdulkarim al-Jiyliyning Hindistonda qodiriyya tariqatining yoyilishida xizmati katta bo‘lgan.

Ilmiy jihatdan juda samarali umr kechirgan Abdulkarim al-Jiyliyning 34 taga yaqin asarlari borligi zikr qilingan. Asarlarining katta qismini Ibn al-Arabiy qarashlarining sharhiga bag‘ishlagan.

Asarlari

tahrir
  • „Al-Manāzir al-ilāhiyya“;
  • „Al-Kahf va-r-raqӣm“;
  • "Al-Insān al-kāmil";
  • „Haqӣqa al-yaqӣn“;
  • „Sharh mushkilāt al-futӯhāt al-Makkiyya“;
  • „Al-Qasӣda al-’ayniyya“;
  • „Al-Qāmӯs al-aqdam va-n-nāmӯs al-aʼzam“;
  • „Marātib al-vujӯd“;
  • „Ad-Durra al-’ayniyya“;
  • „Al-Kamālāt al-ilāhiyya fi-s-sifāt al-Muhammadiyya“;
  • „Kashf al-g‘āyāt sharh kitāb at-tajalliyāt“.

Vafoti

tahrir

Vafot tarixi 1421-yillar (hijriy 826) Bagʻdod yoki Zabidda deb ham ko‘rsatilgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • R. A. Nicholson. The Perfect Man. — Cambridge: 1921;
  • Serkis. Mu’cem. I, 728-729;
  • Brockelmann. GAL. II, 264-265;
  • Suppl., II, 283-284;
  • H. Ritter. "Abd al-Karim al-Djili". EI2 (Ing.). I, 71;
  • M. Nazif Şahinoğlu. "Abdülkerîm el-Cîlî". TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 250.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.