Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy

Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy faqih, muftiy

Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy as-Samarqandiy (arabcha: عبد الكريم بن يوسف الديناري السمرقندي – Abdulkarim ibn Yusuf ibn Muhammad ibn Abbos Alouddin Abu Nasr ad-Dinoriy as-Samarqandiy) – faqih, muftiy.

Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1123-yil (hijriy 517-yil)
Vafoti milodiy 1197-yil (hijriy 593-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, muftiy

Hayoti va ijodi

tahrir

Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriyning bizgacha yetib kelgan yagona asari „Aʼjӯba al-fatāvā“ („Eng yaxshi fatvolar“) kitobining bir nusxasi hoshiyasigaAlouddin Abu Bakr al-Axsikatiy ad-Dinoriy laqabli“ deb yozib qoʻyilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, hozirgi Toshkent davlar Sharqshunoslik universiteti inv. raqam 4833/1, var. 1a). Xuddi shu qoʻlyozmaning 3a varagʻida Mahmud ibn Sulaymon al-Kaffoviyning (vafoti: 990/1582-yil) „Aʼlām al-axyār min fuqahā mazhab an-Nu’mān al-Muxtār“ („Noʻmon Muxtor mazhabidagi faqihlardan boʻlgan eng yaxshi mualliflar haqida xabarlar“) kitobiga ishora qilib: „Shayxul-imom Alouddin Abdulkarim ibn Yusuf ibn Muhammad ibn Abbos ad-Dinoriy Abu Nasr (517/1123-593/1197-yillar) Hirzoniyaga dafn etilgan…“, deb yozib qoʻygan.

Ismoil Posho al-Bagʻdodiyning „Ha­diy­ya al-’ārifӣn“ asarida Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy as-Samarqandiy 517/1123-yilda tavallud topgan, 590/1194-yilda vafot etgan deyilgan. Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti inv. raqam 3183 ostidagi qoʻlyozmada „Umar ibn Usmon ad-Dinoriy as-Samarqandiy“ deb kelgan. Lekin bu yerda aynan shu olim yoki boshqa shaxs haqida gap ketayotgani haqida aniq aytish qiyin.

Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy as-Samarqandiy asarining nomi „Aʼjӯba al-fatāvādagi harflar qiymatini abjad hisobi bilan qoʻyib chiqsak („al“ artiklisiz),1158-yil (hijriy 584) sanasi kelib chiqadi. Shularga suyangan holda Abdulkarim ibn Yusuf ad-Dinoriy as-Samarqandiy XII asrda yashab ijod etgan, Samarqandda yoki Astrobod yaqinidagi Dino qishlogʻida tugʻilgan, Samarqandda yashagan, deb aytish mumkin.

Bizgacha yetib kelgan „Aʼjӯba al-fa­tāvā“ asari koʻproq „Fatāvā ad-Dinārӣ“ („Dinoriy fatvolari“) nomi bilan yuritiladi[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • I. Abdullayev, H. Hikmatullayev. Samarqandlik olimlar. – T.: „Fan“, 1969. 37;
  • Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 112-113.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.