Abdulla Telman Alishayev (ruscha: Абдулла Тельман Алишаев; 2008-yil 2-sentyabr kuni vafot etgan) – Rossiyalik, dogʻistonlik jurnalist va yozuvchi boʻlgan. Alishayev Dogʻiston Respublikasidagi mashhur islomiy telekanalda teleboshlovchi boʻlib ishlagan[1][2].

Abdulla Alishayev
Tavalludi
Abdulla Telman Alishayev

noma'lum
Vafoti 2008-yil 2-sentyabr
Markaziy Respublika klinik shifoxonasi, Maxachqal'a, Dog'iston
Fuqaroligi Rossiyalik
Kasbi Jurnalist
Dini Islom

Karyerasi

tahrir

Abdulla Alishayev faoliyat yuritgan musulmon telekanali Islomiy mavzudagi taniqli teledasturlardan biri boʻlgan[3]. Bu teledastur TV Chirkey (TV-Chirkei)da namoyish etilib boriladi. Shuningdek, u Dogʻiston va Rossiyadagi fundamentalistik islom harakatiga raqiblik qilib kelgan[4]. U „Chirkey“ telekanalida efirga uzatilgan radikal koʻrinishli islomni tanqidga oluvchi hujjatli filmni olib borgan[4]. Alishayev qoʻshni davlatlardan biri Chechenistonda keng ommalashgan vahhobiylikni qattiq tanqidga oladi[4]. Shuningdek, u islom dinining tarafdori boʻlib, islomning moʻtadil shakllarini faol ravishda targʻib qilgan[5].

Oʻlimi

tahrir

Abdulla Alishayev 2008-yili 2-sentyabrda kechki paytda oʻz mashinasini haydab ketayotganda, ikkita nomaʼlum shaxs tomonidan boshi va yelkasiga oʻq uzilgan[3][4]. Voqea Dogʻistonning poytaxti Maxachqal’a shahrida yuz bergan[4]. U jarohat olgandan soʻng, darhol Maxachqal’aning markaziy kasalxonasiga olib borilib, operatsiya qilingan[3][4]. Biroq, Alishayev 2008-yilning 3-sentyabrida vafot etadi[3]. Uning dafn marosimiga 1000 dan ziyod odam qatnashgani aytiladi[4].

Alishayevning oʻldirilishi Ingushetiya.ru saytining egasi boʻlgan jurnalist va tadbirkor Magomed Yevloyevning oʻlimidan uch kun oʻtmasdan sodir boʻlgan. Magomed Yevloyev Ingushetiya Respublikasida politsiya tomonidan otib oʻldirilgan edi[4][6].

Reaksiya

tahrir

Abdulla Alishayevning oʻldirilishi haqida AQSh Davlat departamentining matbuot kotibi Sean McCormack: „Boʻlgan voqea uchun javobgar odamlar boʻlmogʻi kerak. Afsuski, Rossiyada ham oʻz faoliyatini olib bormoqchi boʻlgan jurnalistlarga qarata boʻlib oʻtgan zoʻravonlik va qotilliklarning achinarli tarixi saqlanmoqda. Ammo, Rossiyada erkin matbuotning xodimlariga yoki erkin matbuotga ishga joylashmoqchi boʻlganlarga qarata sodir boʻlayotgan tahdidlar, qoʻrqitish va zoʻravonlikning qaysi turi boʻlsa ham qabul qilinishi mumkin emas“[4][6],- deb aytadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Two Russian Journalists Killed“. Voice of America (2008-yil 5-may). 2008-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-sentyabr.
  2. „Telman (Abdulla) Alishayev“. Committee to Protect Journalists (2008-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 14-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „IPI Deplores Deadly Attack on Journalist Abdulla Alishayev in Russia's North Caucasus“. International Press Institute. Qaraldi: 2008-yil 15-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 „Anti-radical Islam reporter killed in south Russia“. The Independent. Reuters (2008-yil 3-may). 2008-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-sentyabr.
  5. „Dagestan, Journalist for "Official" Islam Killed“. Agenzia Giornalistica Italia. Reuters (2008-yil 3-may). 2011-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 Belton, Catherine. „Tension in Ingushetia after journalist's death“. Financial Times (2008-yil 3-may). Qaraldi: 2008-yil 15-sentyabr.