Abdulla Qahhor uy-muzeyi
Abdulla Qahhor uy-muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 1987 |
Joylashuvi | Yunus Rajabiy ko‘chasi, 26/1 |
- Abdulla Qahhor uy-muzeyi (Yunus Rajabiy ko‘chasi, 26/1) – adabiy memorial muzey. 1958 – 68-yillarda yozuvchi Abdulla Qahhor yashagan va ishlagan uyda 1987-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Uy-muzey 4 ta xona va asosiy kirish yo‘lagidan tashkil topgan. Muzey fondida 5035 ta eksponat bor (2022). Ularning ichida kitob, hujjat, magnitofon yozuvlari, qo‘lyozma, fotosuratlar bor. Ekspozitsiya (memorial qismi) 2 xonadan[1] iborat bo‘lib, unda yozuvchining ish kabineti, kutubxonasi va mehmonxonasi aks ettirilgan.
- Muzeyning Abdulla Qahhor hayoti, ijodi, merosi nomli bo‘limlari mavjud. Uning 1-bo‘limida adib hayotining turli bosqichlari, muhim voqealari haqida hikoya qilinadi. 2-bo‘limda adibning jurnalistik faoliyati va ijodining ilk davrlariga tegishli hikoya, feletonlarning qo‘lyozmalari, ular e’lon qilingan vaqtli matbuot nashrlari qo‘yilgan. 3-bo‘lim ekspozitsiyasidan adibga hurmat va ehtirom namunasi sifatida berilgan tuhfalar, mukofotlar (jumladan “ Buyuk xizmatlari uchun” ordeni), diplom, esdalik buyumlari joy olgan.
Adabiyotlar
tahrirManbalar
tahrirAbdulla Qahhor uy-muzeyi[sayt ishlamaydi]. Meros.uz
Abdulla Qahhor ijod muzeyi ochildi (Wayback Machine saytida 2022-05-26 sanasida arxivlangan). el.tfi.uz
- ↑ Mehmonxona va kutubxona