Abdulla Rasulov
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Tavalludi | 1 yanvar, 1959 yil. Namangan shahar (Oʻzbekiston). |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | O‘zbek |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti (1985) |
Ish joyi | Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasi |
Ilmiy darajasi | Tarix fanlar doktori |
Ilmiy unvoni | Professor |
Tarjimai holi
tahrirRasulov Abdulla Nuritdinovich 1959-yil 1-yanvarda Namangan shahri(OʻzSSR)da tugʻilgan.
1985-1987 yy. – Namangan davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi kabinet mudiri;
1990-1991 yy. – Namangan davlat universiteti „Umumiy tarix“ kafedrasi katta oʻqituvchisi;
1991-1992 yy. – Namangan viloyati Ijroiya qoʻmitasi sektor mudiri;
1992-2014-yillarda Namangan davlat universitetida katta oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri, maʼnaviy-axloqiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2014-2015 yy. – Namangan davlat universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori;
2015-2018 yy. – Namangan davlat universiteti Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Hozirda Namangan davlat universiteti „Tarix“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy faoliyat
tahrir1985-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universitet)ni tamomlagan.
1987-1990-yillarda Qozon davlat universiteti aspiranturasida oʻqib, „Oʻrtavolga mintaqasi partiya tashkilotlari, mehnatkashlarining Turkiston xalqlariga baynalminal yordami (1918-1924 yy.)“ mavzusida tarix fanlar nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.
1994-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.
2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida „Turkiston va Volgaboʻyi, Uraloldi xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar tarixi (1917-1924-yy.)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2009-yil professor ilmiy unvonini olgan.
Ilmiy asarlari
tahrir200 dan ortiq ilmiy maqola, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va darsliklar muallifi. Xususan, quyidagi monografiyalar chop etilgan:
„Turkiston va Volgaboʻyi, Uraloldi xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar“ (Toshkent, 2005);
„Turkiston xalqi bagʻrikengligi“ (XX asr 20-yillari boshlarida Rossiyadan evakuatsiya qilingan bolalar misolida. Toshkent, 2011);
„Turkistonda ochlarga yordam koʻrsatish komissiyasi faoliyati“ (Hammualliflikda. Fargʻona, 2012);
„Turkiston va Rossiya xalqlari oʻrtasidagi munosabatlar“ (XX asr 20-yillari boshida Turkiston av Boshqirdiston xalqlari oʻrtasidagi oʻzaro yordam va hamjihatlik misolida). (Toshkent, 2017);
Türkistan ve Idil-Ural xalklari arasibdaki ilişkiler (1917-1924) (Ankara, 2017);
„Turkiston ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotidagi tatarlar“ (Hammualliflikda. Toshkent, 2019);
Tatari v Turkestane na izlome epox. Nachalo XX veka (Kazan, 2021);
„Turkistonda musulmonlar masalasi“ (Toshkent, 2024);
„Rossiyada gʻayritabaa-musulmonlar“(Toshkent, 2024).
Mehnat faoliyati
tahrirAndijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 ilmiy kengash raisi oʻrinbosari.
Fargʻona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03.31.03.2021.Tar.05.05 ilmiy kengash aʼzosi.
Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyat tarixchilar jamiyati raisi.
Namangan davlat universiteti Kengashi aʼzosi.[1]
Manbalar
tahrir[1]Oʻzbekiston Respublikasi Fundamental kutubxonasi
[2] Namangan davlat universiteti Kengashi aʼzolari
[3] NamDU Prospekti