Abdulla ibn Burayda maqbarasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (Yanvar 2024) |
Abdulla ibn Burayda maqbarasi – Oʻrta Osiyo meʼmoriy yodgorligi (XI asr, meʼmori Abu Bakr). Turkmaniston hududida. Vakil Bozor qabristoni yaqinida joylashgan. Murabba tarhli (tashqi 3,8x3,8 m, ichki 2,6x2,6 m) maqbara, tomi – chortoq gumbaz. Peshtoq yuqorisiga naqsh ishlangan, gʻishtin belbogʻida kufiy yozuvi bor. Ichki qismi (devori va ravoqlari) oʻyma va islimiy naqshlar bilan bezatilgan, ular orasida nasx yozuvlari saqlangan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |