Abdulloh al-Marandiy
Notiq
Abdulloh ibn Nasr ibn Abdulaziz ibn Suvayd al-Marandiy (Abu Muhammad) — notiq va ko‘p fazilatli shaxs bo‘lgan. Bir muddat Marvda yashagan. Til, nazm va nasr bo‘yicha oliy sifatli ishlari bo‘lgan. Xati ham juda bejirim edi. Bag‘dodda bir maktabda maʼlum muddat yashagan, so‘ngra Marvga borib, u yerda Qoribos degan joyda 15 yil istiqomat qilgan, keyinchalik esa Marvarruzga borib, u yerda hali ko‘p yashamay turib, hijriy 541-yil ashuro kuni olamdan o‘tgan[1].
Abdulloh al-Marandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
hijriy 541-yil Marvarruz |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | notiq |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 17-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |