Abdulloh al-Qoshgʻariy
Mudarris, soʻfiy va tariqatchi
Abdulloh ibn Muhammad al-Qoshg‘ariy an-Naqshbandiy — mudarris, sufiy va tariqat ahlidan bo‘lgan. Qustantiniyada yashagan, „Nidoiy“ laqabi bilan tanilgan. Abdulloh al-Qoshgʻariy hijriy 1174-yilning safar oyida vafot etgan.
Abdulloh al-Qoshgʻariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | hijriy 1174-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mudarris, soʻfiy va tariqatchi |
Asarlari
tahrir- „Mavludu-n-nabiy“ („Payg‘ambar mavludi“)
- „Iʼjozu-l-munoziriyn fi-l-xilof“ („Xilof ilmida munozara qiluvchilarning fasohati“)
Besh fasldan iborat ushbu muxtasar asarda muallif qalonislar (boshiga kuloh kiyib yuradigan ruhoniylar)ning ijmoʻdan tashqari sharʼiy dalillar xususida bildirgan yozma eʼtirozlariga javob bergan. Shuningdek, mazkur asarning „Alhamdulillohi-l-laziy hadono ila-r-rashod…ilax“ — „Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsinki, U bizni to‘g‘ri yo‘lga boshladi… hokazo“ so‘zlari kelgan boshlang‘ich qismiga ham o‘z javobini bayon etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |