Abdulloh an-Nasafiy (al-Asbahoniy)
Abdulloh ibn Ubaydulloh ibn Ali ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn Zurayq al-Xatiyyiy al-Asadiy an-Nasafiy al-Asbahoniy (milodiy 1056-yil — milodiy 1139-yil) — muhaddis. Asbahondagi katta jome masjidda imom bo‘lgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Haj safariga 1102-yil borib, qaytishda Bag‘dodda bo‘lgan va arab ulamolari bilan uchrashgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 18-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |