Abdulloh ibn Abbos masjidi
Abdulloh ibn Abbos masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Abdulloh ibn Abbos masjidi
Abdulloh ibn Abbos | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Gʻulomiddin domla Ergashov |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirAbdulloh ibn Abbos masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Koʻksaroy nomli qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Gʻulomiddin domla Ergashov boʻlib, ushbu masjidga Koʻksaroy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Ramadon mahallasi, Oqsoy koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, jumladan, Shodon koʻchasi, Beshqoʻrgʻon koʻchasi, Islomobod koʻchasi Alisher Navoiy koʻchasi, Oltin vodiy koʻchasidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi[3]. Mazkur masjidda tahoratxona, honaqoh, imon-xatib xonasi, namozxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib berilgan.
Tarixi
tahrirAbdulloh ibn Abbos jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 11-sentabr kuni roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[4]. Masjidga mahalliy aholi vakillari, hamda, Zangiota tumani musulmonlar boʻlimi tomonidan Abdulloh ibn Abbos deb nom berilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „АБДУЛЛОҲ ИБН АББОС ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"АБДУЛЛОХ ИБН АББОС" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Абдуллоҳ ибн Аббос жоме масжиди (Тошкент вилояти)“. old.muslim.uz. Muslim.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.