Abdulloh ibn Hammod

Abdulloh ibn Hammod hadis hofizi

Abdulloh ibn Hammod (arabcha: عبد الله ابن حماد — Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Hammod ibn Ayyub ibn Muso ibn Tufayl al-Omuliy,? — 273/886,?) — hadis hofizi.

Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Hammod ibn Ayyub ibn Muso ibn Tufayl al-Omuliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 886-yil (hijriy 273-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi

Imom-peshvo, so‘z va rivoyatlari ishonch­li hofizlardan sanalgan Abdulloh ibn Hammod Marvga qarashli Omul shaharchasidan. U yerni, shuningdek, Amav deb ham atashgan. Shuning uchun olimga al-Amaviy degan nisbat ham beriladi. Abdulloh ibn Hammodning tavallud sanasi nomaʼlum, uning vafot yili sifatida esa ikki xil sana — 269/882 hamda 273/886-yillar ko‘rsatilgan.

Hadislari

tahrir

Abdulloh ibn Hammod hadis ilmida bilimdonlardan bo‘lgan. Abdulloh ibn Maslama al-Qa’nabiy, Abu-l-Yamon, Sulaymon ibn Harb, Sa’id ibn Abu Maryam, Yahyo al-Vuhoziy, Yahyo ibn Ma’iyn, Sa’id ibn Mansur, Sulaymon ibn Abdurrahmon, Abu Solih Kotib al-Laysiy, Muhammad ibn Imron ibn Abu Laylo, Na’im ibn Hammod al-Marvaziy, Abu-l-Jumohir al-Kafrasusiylarning suhbatidan bahramand bo‘lgan, ulardan hadis eshitgan.

Bag‘dodga borib, Abdulg‘affor ibn Dovud al-Harroniy va Abu-l-Jamohir Muhammad ibn Usmon ad-Dimashqiylardan hadis tinglagan.

O‘z navbatida, Abdulloh ibn Hammoddan Ahmad ibn Nasr ibn Mansur al-Marvaziy, Abu Nasr Muhammad ibn Hamdavayh, Muhammad ibn al-Munzir Shakkar, Umar ibn Bujayr, Ibrohim ibn Huzaym ash-Shoshiy, Haysam ibn Kulayb, Abdulloh ibn Muhammad ibn Ya’qub al-Horisiy va qozi Abu Abdulloh al-Mahomiliylar hadis rivoyat qilganlar.

Taʼriflar

tahrir

Ibn Hibbon Abdulloh ibn Hammod haqida o‘zining „As-Siqāt“ asarida zikr qilgan. Xatib al-Bag‘dodiy „Tarӣx Bag‘dād“ („Bag‘dod tarixi“) asarining roviylar zanjirida Abdulloh ibn Hammod ham ishtirok etgan hadisni keltirgan.

Imom al-Buxoriyning rivoyatida „Bizga Abdulloh, unga Yahyo ibn Maʼiyn… hadis aytdi“, deb boshlangan hamda „Bizga Abdulloh, unga Sulaymon ibn Abdurrahmon, unga Muso ibn Horun al-Bardiy… hadis aytdi“, deb zikr qilingan hadislardagi Abdullohdan murod Abdulloh ibn Ubay al-Xorazmiy yoki mazkur Abdulloh ibn Hammod ekani xususida ulamolar orasida ixtilof mavjud. Al-Hokim, Abu Ishoq al-Habbol va Abu Nasr al-Kaloboziylar bu roviy Abdulloh ibn Hammod ekaniga ishonch hosil qilganlar[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Az-Zahabiy. Siyar. „Muassasa ar-risola“, 1985. XII, 611;
  2. Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. „Doira al-maʼorif an-nizomiyya“, 1910. V, 191. Al-Xatib. Tarӣx Bag‘dād. — Bayrut: „Dor al-g‘arb al-islomiy“, 2002. I, 108;
  3. Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati.- T.: „Hilol-nashr“, 2017. 47.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.