Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy
Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy (arabcha: عبد الله بن حذافة السهمي — Abdulloh ibn Huzofa ibn Qays ibn Adiy ibn Saʼd as-Sahmiy al-Qurashiy,? — 33/654, Misr) — sahoba.
Abdulloh ibn Huzofa ibn Qays ibn Adiy ibn Sa’d as-Sahmiy al-Qurashiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 654-yil (hijriy 33-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Oilasi
tahrirAbdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy Eron podshohi va Rum imperatori bilan uchrashgan sahoba. Kunyasi Abu Huzofa, onasi Tamima bint Xarson Bani al-Horis qabilasidan.
Manbalarda kelishicha, Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy Makkada musulmonlarga mushriklarning tazyiqi kuchaygandan keyin Habashistonga hijrat qilgan. Hijratning oltinchi yili Hudaybiya sulhidan keyin Payg‘ambar Fors diyorining podshohi Kisroga Islom diniga kirish taklifi bitilgan maktubni olib borishni Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiyga topshiradilar.
Faoliyati
tahrirHijratning o‘n to‘qqizinchi yili xalifa Umar ibn al-Xattob Rumga yuborgan qo‘shin tarkibida Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy ham bo‘lgan. U asir tushib qoladi va Rum imperatori Hiraqlning peshonasidan bir o‘pish evaziga barcha qolgan asirlarni ozod etilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, u Misrning fath etilishida ham qatnashgan.
Hadisi
tahrirAbdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy uchta hadis rivoyat qilgan. Undan Sulaymon ibn Yasor, Abu Voil Shaqiq ibn Salama, Mas’ud ibn Hakamlar hadis rivoyat qilgan.
Vafoti
tahrirUsmon ibn Affon xalifalik davrida vafot etadi[1].
Adabiyotlar
tahrir- Az-Zahabiy. Siyar. — Qohira: „Dor al-hadis“, 2006. II, 71; III, 345;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1285-87. III, 142-144;
- Islom. Ensiklopediya. — T.: „O‘zME DIN“, 2017. 16;
- Islomshunoslik qomusiy lug‘ati. — T.: „Movarounnahr“, 2013. 26-27.
- Ibn Asir. Usd al-g’oba fiy ma’rifati as-sahoba, - Bayrut: Daru Hazam, 2012.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |