Abdulloh ibn Munir
Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Munir al-Marvaziy ([[arabcha:عبد الله بن منير — Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Munir al-Marvaziy, ? — 241/856, Firabr) — hadis hofizi
Abu Abdurrahmon Abdulloh
ibn Munir al-Marvaziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 856-yil (hijriy 241-yil) Firabr |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis hofizi |
Hayoti
tahrirManbalarda zamonasining imom-peshvosi, hadisga boy, so‘z va rivoyatlari ishonchli hofiz Abdulloh ibn Munirning tavallud sanasi haqida maʼlumot mavjud emas. Firabrda yashagan va shu yerda vafot etgan. Olimning vafot sanasi sifatida yuqoridagidan tashqari 243-yil rabi’ul-oxir/857-yil iyul-avgust oylari ham ko‘rsatilgan. Abdulloh ibn Munir ilm talabida yurt kezib, hadis eshitgan. Nazr ibn Shumayl, Abdurrazzoq, Yazid ibn Horun, Saʼid ibn Omir, Abdulloh ibn Bakr as-Sahmiy, Vahb ibn Jarir, Abu Nazr, Ashhal ibn Hotim, Ali ibn al-Hasan ibn Shafiq, Yazid ibn Abu Hakim va ularning safdoshlaridan hadis rivoyat qilgan. O‘z navbatida, Abdulloh ibn Munirdan Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, an-Nasoiy, Isroil ibn Samaydaʼ, Abdon ibn Muhammad al-Marvaziy, Hubayra ibn al-Hasan al-Bag‘aviy, Yahyo ibn Badr al-Qurashiy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar. Imom an-Nasoiy Abdulloh ibn Munirni siqa (so‘z va rivoyatlari ishonchli) degan. Al-Firabriy aytadi: "Do‘stlarimizdan biri Imom al-Buxoriyning: „Abdulloh ibn Munirdek shaxsni ko‘rmadim“, deganini eshitgan ekan". Ibn Hibbon Abdulloh ibn Munirni o‘zining „As-Siqāt“ asarida nomlari zikr qilingan hadis hofizlari qatorida sanagan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Az-Zahabiy. Siyar. 1985. XII, 611;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. „Doira al-maʼorif an-nizomiyya“, 1910. VI, 43;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: „Doira al-maʼorif al-usmoniyya“. V, 212;
- Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 45.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |