Abdulloh ibn Navfal
Abdulloh ibn Navfal (arabcha: عبد الله بن نوفل – Abu Muhammad Abdulloh ibn Navfal ibn Horis ibn Abdulmuttalib ibn Hishom) – sahoba.
Abu Muhammad Abdulloh ibn Navfal ibn Horis ibn Abdulmuttalib ibn Hishom | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 682-yil (hijriy 63-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Hayoti
tahrirU va otasi sahobalardan. Paygʻambarning eng katta amakisi Horis Abdulloh ibn Navfalning bobosi edi. U paygʻambarga koʻproq oʻxshagan sahobalardan boʻlgan.
Qozilik davri
tahrirMadina voliysi Marvon ibn Hakam uni 622-yil Madinaga qozi qilib tayinlagan. 669-yil Muoviya Marvon ibn Hakamni lavozimidan boʻshatib, voliylikka Saʼid ibn Osni tayinlaydi. Yangi voliy Abdulloh ibn Navfalni vazifasidan boʻshatib, oʻrniga Abu Salama ibn Abdurrahmon ibn Avfni qoʻyadi. Abu Hurayraning Abdulloh ibn Navfal haqida „U Islomda men koʻrgan birinchi qozidir“, degani rivoyat qilingan. Imom Molik ham shu fikrni bildirgan. Holbuki, Paygʻambar davrlarida ham, xulafoi roshidiynlar tomonidan ham koʻpgina shaharlarga qozilar tayinlangani maʼlum. Shuningdek, Abu Bakr davrida Umarning, Umar davrida Abu Dardoning, Usmon davrida esa, Mugʻiyra ibn Navfal ibn Horisning qozilik ishlarini yuritganlari haqida manbalarda aniq maʼlumotlar mavjud. Abdulloh ibn Navfalning sakkiz yil davom etgan Madina qoziligidan soʻng, boshqa lavozimda faoliyat olib borgani xususida manbalarda maʼlumotlar yoʻq. Abdulloh ibn Navfalning hadis rivoyat qilgani haqida ham hech qaysi manbada maʼlumotlar yoʻq.
Vafoti
tahrirUning vafot sanasi haqida ham har xil rivoyatlar mavjud. Muoviya xalifalik davrining oxirgi (661-680-yillar) yillarida yoki 63/682-yil Harra voqeasida vafot etgani aytiladi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, ayrim mualliflar 84-yilda (milodiy 703) vafot etgan jiyani Abdulloh ibn Horis al-Hoshimiyni Abdulloh ibn Navfal bilan adashtirganlar[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1968. IV, 45; V, 21-22;
- Ibn Qutayba. Al-Maʼārif. – Qohira: 1981. 127, 588;
- At-Tabariy. Tarӣx. – Qohira: 1960-70. V, 172, 232; XI, 628-629;
- Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1970-73. III, 407-408;
- Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. Al-Kāmil. – Leiden: 1851-76. III, 420, 460; IV, 121;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. – Qohira: 1328. II, 377; III, 453-454;
- Ahmet Özel. „Abdullah b. Nevfel“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 126.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |