Abdulloh ibn Rovoha masjidi
Abdulloh ibn Rovoha masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan[1]. Masjid tumandagi eng eski masjidlaridan biri hisoblanadi.
Masjid | |
Abdulloh ibn Rovoha jome masjidi
Abdulloh ibn Rovoha | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Gʻaybullo domla Madaminov[1] |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirAbdulloh ibn Rovoha jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Chigʻatoy Oqtepa qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli Oʻzbekiston jamoa xoʻjaligi, S. Karimov koʻchasida joylashgan[2][3]. Masjidning bosh imom-xatibi Gʻaybullo domla Madaminov hisoblanib, namozxonlar machitga tashrif buyurgan aholi vakillari va mehmonlar, ziyoratchilar bilan doimiy muloqotda boʻlib turadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorta uchun Chigʻatoy Oqtepa qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi, shuningdek, Oʻzbekiston jamoa xoʻjaligida istiqo, at qiluvchi mahalliy aholi vakillari, S. Karimov mahalla fuqarolar yigʻini, S. Karimov tor koʻchasi va unga qoʻshni boʻlgan hududlardan namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirAbdulloh ibn Rovoha jome masjidi qachon, kim tomonidan qurilganligi haqida aniq dalillar yoʻq. Ushbu masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 15-avgust kunida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3]. Jome masjidning binosi namozxonlar uchun qulay va yetarli shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, tashqaridan kelgan har qanday mehmon, sayyoh, yoʻlovchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „АБДУЛЛОҲ ИБН РОВОҲА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"ABDULLOH IBN RAVOXA" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.