Abdulloh ibn Solih

Abdulloh ibn Solih hadis roviyi

Abdulloh ibn Solih (arabcha: عبد الله بن صالح – Abu Muhammad Abdulloh ibn Solih ibn Abdulloh ibn Zahhok al-Bagʻdodiy) – hadis roviyi.

Abdulloh ibn Solih
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 917-yil 21-dekabr (hijriy 305-yil 5-rajab oyi)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis roviyi

Biografiyasi

tahrir

Al-Buxoriy nomi bilan mashhur boʻlgan Abdulloh ibn Solih oʻz davrida soʻz va rivoyatlari ishonchli hadis roviylaridan sanalgan. Olim Karxoyo daryosining janubiy tomonida joylashgan „Al-Vositiylar“ masjidida vafot etib, rajab oyining oltinchisi (22-dekabr), dushanba ku­ni dafn qilingan.

Hadislari

tahrir

Abdulloh ibn Solih Muhammad ibn Sulaymon Luvayno, Abu Mus’ab az-Zuhriy, Horun ibn Abdulloh al-Hammol, Usmon ibn Abu Shayba, Ishoq ibn Abu Isroil, al-Hasan ibn al-Halvoniy, Yaʼqub ibn Hamid ibn Kosib, Abu Humom al-Valid ibn Shujoʻ, Muhammad ibn Yahyo ibn Abu Umar, al-Hasan ibn as-Suboh al-Bazzor va ularning safdosh­lari suhbatidan bahramand boʻlib, ulardan hadis eshitgan.

Oʻz navbatida, Abdulloh ibn Solihdan Abdulloh ibn Ibrohim az-Zabibiy, Muhammad ibn Ali ibn Hubaysh an-Noqid, Muhammad ibn Muzaffar, Abu Hafs ibn Zayyot, Abu Ali an-Naysoburiy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar. Muhaddislar uni siqa deganlar.

Al-Barqoniy aytadi: „Abu Bakr al-Ismoiliy bizga xabar berib, degan: „Al-Buxoriyning suhbatida boʻlgan Abu Muhammad Abdulloh ibn Solih ibn Abdulloh soʻz va rivoyatlari ishonchli, shubhadan xoli roviydir“.

Xatib al-Bagʻdodiy „Tarӣx Bagʻdād“ ("Bagʻdod tarixi") asarida Abu Ali al-Hofizning: „Bizga siqa, rivoyat va naqllari ishonchga lo­yiq Abdulloh ibn Solih ibn Zahhok al-Buxoriy Bagʻdodda xabar bergan“, deb hadis aytganini zikr qiladi[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Az-Zahabiy. Siyar. „Muassasa ar-risola“, 1985. XIV, 243;
  • Xatib al-Bagʻdodiy. Tarӣx Bagʻdād. – Bayrut: „Dor al-gʻarb al-islomiy“, 2002. XI, 159;
  • Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. – T.: „Hilol-nashr“, 2017. 46.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.