Abdulloh ibn az-Zubayr
Abdulloh Ibn Az-Zubayr (624-692) – ilk islom davridagi mashhur siyosiy arboblardan biri. Abu Bakr Siddiqning nabiralari, Asmo binti Abu Bakr (ikki belbogʻ sohibi) va Zubayr ibn Avvomning oʻgʻillari. 680-yil Ummaviylar xalifasi Yazid ibn Muoviyaga qarshi chiqqan. 683-yil Yazid vafotidan soʻng Abdulloh ibn Zubay Iroq, Janubiy Arabiston, Misr va Suriyaning katta qismida xalifa deb eʼtirof etilgan. 687-yil Abdulloh ibn Zubayr qoʻshini al-Muxtor boshchiligidagi isyonchi shialar ustidan gʻalaba qozongan. Ummaviylar hokimiyati mustahkamlangach, xalifa Abdulmalikning Hajjoj ibn Yusuf qoʻmondonligi ostidagi qoʻshini Abdulloh ibn Zubayr tarafdorlarini Makkai mukarramada qamal qilgan. Abdulloh ibn Zubayr jangda halok boʻlgan. Muhojirlar orasida Islom yurtida (yaʼni Madinada) tugʻilgan birinchi farzand Abdulloh ibn Zubayr edi. (Bir sahoba) "Abdulloh ibn Zubayrni tugʻilgan kuniniyam koʻrdim vafot etgan kuniniyam koʻrdim, tugʻilganida takbir aytganlar vafotida takbir aytganlardan afzal edi deganlar[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |