Abduluzzo
Abduluzzo Quraysh qabilasining bir tarmogʻi
Abduluzzo (arabcha: بنو عبد العزی — Bani Abduluzzo) Quraysh qabilasining bir tarmog‘i.
Bani Abduluzzo | |
---|---|
qabila | |
Mashhur siymolar |
Huvaylid ibn Asad Xadicha, uning amakisini o‘g‘li Varaqa ibn Navfal Zubayr ibn Avvom Abdulloh ibn Zubayr Usmon ibn Huvayris Urva ibn Zubayr |
Nomini Payg‘ambarning ota-bobolaridan Qusay ibn Kilobning to‘rt o‘g‘lidan biri bo‘lgan Abduluzzodan olgan qabila. Bu qabilaga mansub baʼzi shaxslar johiliyat hamda Islom davrining eʼtiborli siymolari orasidan o‘rin egallaganlar. Bular: Huvaylid ibn Asad, Xadicha, uning amakisini o‘g‘li Varaqa ibn Navfal, Zubayr ibn Avvom, Abdulloh ibn Zubayr, Usmon ibn Huvayris, Urva ibn Zubayrlardir.
Payg‘ambar qabila nomini Bani Abdulloh deb o‘zgartirganlar.
Abduluzzo qabilasi XI asrga qadar Hijoz yarimorolida istiqomat qilgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Az-Zubayriy. Nasab Quraysh. — Qohira: 1982. 205-250;
- Ibn Qutayba. Al-Maʼārif. — Bayrut: 1970. 32-33;
- Ibn Hazm. Jamhara. — Qohira: 1982. 117-125;
- Ibn Xaldun. Al-Ibar. — Bayrut: 1971. II, 327-328;
- Kahhola. Mu’jam qabāil al-’arab. — Bayrut: 1982. II, 725;
- Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. — Bayrut: 1984. IV, 11-12;
- Ahmet Önkal. „Abdüluzzâ (Benî Abdüluzzâ)“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 276.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |