Abdumajid Hakimjonov
Abdumajid Hakimjonov (1904-yil Toshkent – 1990-yil) – grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Havaskor bolalar toʻgaraklarida rasm chizishni oʻrganib, Turkiston rassomlik texnikumida oʻqigan (1920—1923). 1921-yildan „Bolalar dunyosi“ jurnali sahifalarida rasmlari bosilgan. 1923—1926-yillarda Leningradda koʻp rangli matbaa boʻyicha malaka oshirib, Toshkentga qaytgach, 1964-yilgacha rangli magbaa sohasida ishlab, koʻpgina shogirdlar yetishtirgan. Respublika gazeta va jur-nallari, ayniqsa „Mushtum“ sahifalarida satirik ruhdagi rasmlari, pla-katlari bosilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |