Abduqodir Abdraimov
Abduqodir Abraimov – davlat arbobi, Qirgʻiziston ASSR Bosh sudi raisi (1931—1932). SSSR NKVD maxsus uchligining aʼzosi.
Abduqodir Abdraimov | |
---|---|
Tavalludi |
1905-yil |
Vafoti | 1938-yil |
Taʼlimi | sovet va partiya qurilishi kursi |
Biografiyasi
tahrirAbduqodir Abraimov 1905-yili Toshtak qishlogʻida (hozirgi Jalolobod viloyati) dehqon oilasida tavallud topgan. 1917-yilda ota-onasidan ayrilgan, 1919-yildan mardikor boʻlib ishlagan. 1920—1922-yillarda bolalar uyida yashagan va oʻqigan.
1922—1923-yillarda Toshkent volost inqilobiy qoʻmitalari ishchilari kurslarida tahsil olgan, soʻngra Turkiston SSRda ishlagan. Xonobod volosti ijroiya qoʻmitasi kotibi, RKK Bozorqoʻrgʻon okrug komiteti masʼul kotibi etib saylangan[1]. 1925—1926-yillarda RKSM Jalolobod okrug qoʻmitasining iqtisodiy-huquqiy boʻlimini boshqargan. Qirgʻiziston ASSR komsomoli. 1927-yilda KPSS(b) aʼzoligiga qabul qilingan[2]. 1928—1930-yillarda Tver viloyati sovet-partiya qurilish maktabini tamomlagan, soʻngra KPSS (b) Oʻsh okrug qoʻmitasining madaniyat va targʻibot boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1930-yil sentyabrdan 1931-yilgacha Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Bozorqoʻrgʻon tuman qoʻmitasining ijrochi kotibi va 1931-yildan 1932-yilgacha – Qirgʻiziston ASSR Bosh sud raisi lavozimlarida ishlagan.
1932—1933-yillarda Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi Chuy okrug qoʻmitasining birinchi kotibi, soʻngra 1937-yil aprelgacha Butunittifoq Ketmen-Tube okrug qoʻmitasining birinchi kotibi hamda 1937-yilda Qirgʻiziston KP (b) MK Sovet savdosi boʻlimi mudiri boʻlgan. 1937-yil 16-iyundan Qirgʻiziston KP(b) MK aʼzosi hisoblanadi. Bu davrda SSSR NKVDning 1937-yil 30-iyuldagi 00447 sonli buyrugʻi bilan tuzilgan maxsus uchlikka qoʻshilgan[3][4].
1937-yil oktyabrdan dekabrgacha Qirgʻiziston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissari boʻlgan.
1937-yil dekabrda hibsga olindi. Abduqodir Abraimov 1938-yil noyabrda Qirgʻiziston SSRning Tosh-Debe qishlogʻi yaqinida Bishkek shahridan 30 km uzoqlikdagi Suymenqulda otib oʻldirilgan[5].
Mukofotlari
tahrirQirgʻiziston ASSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining faxriy yorligʻi – Toshkoʻmir, Ketmen-Tube yoʻlining birinchi bosqichi qurilishiga mohirona, muvaffaqiyatli rahbarlik qilgani uchun.
Manbalar
tahrir- ↑ ЦентрАзия.
- ↑ Справочник по истории КПСС….
- ↑ „Сталинский план по уничтожению народа: Подготовка и реализация приказа НКВД № 00447 «Об операции по репрессированию бывших кулаков, уголовников и других антисоветских элементов» // Архив Александра Н. Яковлева“. 2017-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-mart.
- ↑ „Составы троек в 1937−1938 годах // Сайт Nkvd.memo.ru“. 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-mart.
- ↑ Кыргызский фотоархив.
Havolalar
tahrir- „Абдраимов Абдукадыр“ (ru). Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898—1991. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- „Абдукадыр Абдраимов — комсомольский вожак 20-х годов“ (ru). Кыргызский фотоархив. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- „Абдраимов Абдукадыр“ (ru). ЦентрАзия. Qaraldi: 2020-yil 9-may.