Abdurahim Mannonov

sharqshunos-filolog, afgʻonshunos, filologiya fanlari doktori, professor

Abdurahim Mannonov — sharqshunos-filolog, afgʻonshunos, filologiya fanlari doktori, professor. 1942-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1966-yil bitiruvchisi. 2007—2019-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori. 2019-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori[1]. „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi[2].

Abdurahim Mannonov

Abdurahim Mannonov
Tavalludi 1942
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunoslik, afgʻonshunoslik
Ish joylari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (2003)
„Mehnat shuhrati“ ordeni

Mannonov afgʻon adabiyoti tarixi, afgʻon folklorini o'rganib keladi. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi (Moskva, 1983); (Kobul, 1990). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (2003)[1].

Mehnat faoliyati

tahrir
  • 1965-y. – Afgʻonistonning Kobul universiteti tinglovchisi;
  • 1966—1969-yillar SSSR FA SHI aspiranti;
  • 1970-yildan ToshDUning sharq fakulteti oʻqituvchisi (orada: 1971 – 1974 Afgʻonistonda tarjimon), katta oʻqituvchisi,
  • 1979-yildan dotsent (orada 1977, 1983-yillar afgʻon safari),
  • 1979—1989-yillar Afgʻon filologiyasi kafedrasining mudiri,
  • 1991—1994-yillar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti|Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi universitet), Sharq filologiyasi fakultetining dekani,
  • 1994—2003-yillar oʻquv ishlari boʻyicha prorektor,
  • 2004-y.dan professor
  • 2007—2019-yillar Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori
  • 2019-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori

Ilmiy ishlari

tahrir

Nomz. diss. mavzusi: “Suffiysko-panteistich. napravleniye v afgansk. literature XVI – XVIIvv: (Po proizvedeniyam Bayazida Ansari i Mirza-xana Ansari)”. – M., 1970. Dokt. diss. mavzusi: “XVI – XVII asrlarda pushtuzabon roʻshaniylar adabiy maktabi”. – Toshkent, 1996.

  1. Omonulloxon – mustaqil Afgʻoniston asoschisi // Sharq mashʼali. –Toshkent, 2018. –№4/2. – B. 68-73.
  2. Landeylarda aks etgan afgʻon ayoli qismati // Zamonaviy Sharq xalqlari adabiyotida gender masalalari. –T., 2019. –B. 5-12.
  3. Afgʻon xalq ogʻzaki ijodida landey janri va uning poetik xususiyati // Sharqshunoslik. –T., 2019. –№1,2. –B. 4-20.
  4. Sharq tarjimashunosligining buguni va istiqbollari xususida // “Oʻzbekiston tarji-mashunoslari forumi – 2019” (Respublika ilmiy-amaliy konfe¬rensiyasi materiallari toʻplami). –T.: ToshDSHI, 2019. –284 b.
  5. Pushtu adabiyotida gʻazal // “Kobul”. – Kobul: Afgʻoniston FA, 1347 (1969). – №7 (600). – B.20 – 24. –pashtu tilida.
  6. Roshaniylar harakati va Mirzoxon Ansariy sheʼriyati // “Kobul”. – Kobul: Afgʻoniston FA nashriyoti, 1353 / 1975. - №12 (658). - B.39 – 50. –pashtu tilida.
  7. Oʻzbekistonda afgʻon adabiyoti va tilini oʻrganish tarixidan // “Kobul”. – Kobul: Afgʻoniston FA, 1975. - №7 - B.84 – 92. - pashtu tilida.
  8. Savr shabadalari: Afgʻoniston yozuvchilarining hikoyalari / toʻplovchi, hikoya tarjimoni (B.48 – 65) va mualliflar haqida maʼlumotlar (B.150 – 154) majmui muallifi A.Mannonov. – Toshkent, 1980. - 158 b.
  9. Boyazid Ansoriy “Xayr ul-Bayon”ining oʻrganilishi tarixidan // Pashto. – Kobul, 1981. – tom 4, – № 3. – B.97-114. - pushtu tilida.
  10. Sharq tillari amaliyoti darslari boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar. – Toshkent: ToshDSHI, 2000.
  11. Afgʻoniston xalqlari folklori va mumtoz adabiyoti. – Toshkent, 2001. -152 b.
  12. Dariy tilida soʻzlashuv tili: metodik qoʻllanma. – Toshkent: ToshDSHI, 2002. -20 s. – O.Shokirov bilan hamkorlikda.
  13. ToshDSHIda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullarning tatbiq etilishi // Yetuk mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullarning samaradorligi mavzusidagi II anjuman maʼruzalari tezislari. – Toshkent: TDSHI, 2003. – B.2 – 3.
  14. “Tasavvuf va inson” kitobi haqida // Sharʼiy Juzjoniy. Tasavvuf va inson – Toshkent, 2004. – B.188 – 189.
  15. Ochilmay qolgan gʻunchalar // Jahon adabiyoti. – Toshkent, 2006. –№11. - B.184 – 190.
  16. Soʻz boshi // Yetuk mutaxassislar tayyorlashda zamonaviy pedogogik texnologiyalar va interaktiv usullarning samaradorligi mavzusidagi III anjuman. – Toshkent: TDSHI, 2009. – B.6 – 8.
  17. Millatlararo totuvlik – jamiyat demokratik taraqqiyotining yetakchi omili sifatida // Oʻzbekiston Konstitutsiyasi – buyuk kelajagimiz kafolati. – Toshkent, 2009. – B.159 – 167. – U.Idirov bilan hamkorlikda.
  18. Oʻzbek va afgʻon adabiy aloqalari tarixidan // Eron-afgʻon filologiyasining dolzarb muammolari. – Toshkent: TDSHI, 2009. – B.3 – 10.
  19. Ustoz xotirasi (Abduhofiz Gʻaniyev haqida) // Sharq mashʼali. – Toshkent, 2009. –№1. – B.50 – 54.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar). Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022 — 283-bet. 
  2. „Ўзбекистонлик педагог Япония ҳукуматининг фахрий ёрлиғига сазовор бўлди“. Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги (ЎзА) (22-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2022-yil.

Adabiyotlar

tahrir
  • Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar. Toshent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022. 
  • Омонов Қ., Рихсиева Г.. Олим умрининг мазмуни (Олимлар ва адабиёт аҳлининг профессор Абдураҳим Маннонов ҳақидаги кўнгил сўзлари), Тошкент, 2017 — 126-bet.