Abdurahim O‘tkir
Abdurahim Teleshov O‘tkir (13.06.1923— 5.10.1995, Qumulda shahri) — uygʻur shoiri. U zamonaviy uygʻur sheʼriyatining otasi sifatidaeʼtirof etilgan[1].
Abdurahim O‘tkir | |
---|---|
Asl ismi | Abdurahim Teleshov Oʻtkur |
Tavalludi |
13-iyun 1923 Qumul shahri |
Vafoti |
5-oktyabr 1995-yil (72 yoshda) |
Ijod qilgan tillari | Uyg‘ur tili |
Hayoti
tahrirAbdurahim Teleshov Oʻtkir, 1923-yil 13-iyunda tugʻilgan. 1942-yilda Shinjon universitetini tamomlab, 1949-yilgacha „Oltoy“ gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. Ikki marta (1951—1958, 1966—1976) hibsga olingan[2].
Abdurihim Teleshov Oʻtkir, 1980-yildan Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni Falsafa va ijtimoiy fanlar akademiyasi Adabiyotshunoslik instituti xodimi, 1988-yildan esa „Qutadgʻu bilig“ jamiyati Prezidiumi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan.
Abdurahim Teleshov O‘tkir, 1995-yil 5-oktyabrda Urumchi shahrida vafot etgan[3].
Asarlari
tahrirAbdurahim Teleshov O‘tkir 1940-yillarda „Muzulqan sheher“ (Muzlagan shahar), „Bahor chillaymen“ (Bahorni chaqiraman), „Janubka xat“ (Janubga maktub), „Tan zibasi yo‘qmidur“ (Tong goʻzali yoʻqmudur) kabi sheʼrlari, „Yeni Chungo Gulistanina“ (Yangi Xitoy Gulistoniga), „Keshker kechasi“ (Qashqar kechasi), „Tamche kandin millionlan chechak“ (Bir tomchi qondagi millionlab gullar), „China moden“ dramalari, Dengizdin sada" (Dengizdan ovoz), „Bash egim“ (Bosh kiyim) kabi hikoyalari nashr etilgan.
1946-yilda „Yurek munliri“ (Yurak faryodi), 1948-yilda „Tarim boyliri“ (Tarim boylari) nashr etilgan. 1950—1970-yillarda „Vijdan boyliri“ (Vijdon boylari), „Sajdigahimga“, „Tova dep tuttum yaka“, „Kuzgi keshisi“, „Navoi gezaliga muxammes“, „Oq emes sachimdiki“, „Iz“, 1970 yildan keyin esa „Yaxshi“, „Sarlevhesiz sheʼrlar“, „O‘mur hekkide muxammas“ (Umr haqida muxammas), „Keshker guzeliga“ „(Qashgʻar goʻzaliga)“, „Men aq bayroq emes“ kabi sheʼrlar yozgan.
„Ulug‘ ana hekkide chechek“, „Gul va azgan“ (Gul va yovvoyi gul), „Sheir va shair“, „Kashtishiga madhiya“ (Qimmatbaho toshga madhiya), „Iz“ va „Oygangan Zamin“ kabi romanlar yozgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Byler, Darren (2018-07-01). "Claiming the mystical self in new modernist Uyghur poetry" (en). Contemporary Islam 12 (2): 173–192. doi:10.1007/s11562-018-0413-2. ISSN 1872-0226. https://doi.org/10.1007/s11562-018-0413-2.
- ↑ „October 5“. 2009-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-noyabr.
- ↑ Əli Şamilov, Uyğur, Qaqauz, Quzey Qafqaz Türklərinin folkloru və ədəbiyyatı,"Nurlan" nəşriyyatı, Bakı, 2011, səh. 412. s.63-67.
Havolalar
tahrir- Iz (Sheʼr) (Wayback Machine saytida 2006-01-18 sanasida arxivlangan) Arxivləşdirilib arxivlangan Otkur sheʼrining uygʻurcha va inglizcha tarjimasi
- Sheʼrlar to‘plami (uyg‘urlar)
- Sharqiy Turkiston uygʻur yozuvchilari (Wayback Machine saytida 2010-01-25 sanasida arxivlangan) Arxivləşdirilib
- Abdurihim Teleshov Oʻtkur sheʼrlari