Abdulrahmon III
(Abdurahmon IIIdan yoʻnaltirildi)
Abdurrahmon lll (891-961). Qurtuba amiri (912-961). Hukmronligi davrida bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan. 931-yili Seutani,932-yilda Toledoni zabt etgan. 955-yildan Leon va Navarra qirollarini oʻlpon toʻlashga majbur qilgan. Fotimiylardan Shimoliy Afrikaning bir qismini tortib olgan. Harbiy flotni kuchaytirgan, uning floti oʻsha zamonda Oʻrtayer dengizidagi eng kuchli flot boʻlgan. Vizantiya va Muqaddas Rim imperiyasi imperatorlari bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan. Turli arab va barbar qabilalari taʼsiridan qutulish uchun yevropalik yollanma jangchilar va qullardan „saqoliba“ nomli boʻlinmalar tuzgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |