Abdurahmon Mahmud Farah Janaqov (somalicha: Cabdiraxmaan Maxamuud Faarax Janaqoow) – Somaliy rahbari, shuningdek, rais oʻrinbosari va Somaliya Islom sudlari ittifoqi (ICU) aʼzosi[1]. Abdurahmon va boshqa rahbarlar harbiy yoʻqotishlardan keyin 2006-yil 27-dekabr kuni Mogadishoning taslim boʻlishi haqidagi hujjatga imzo chekishdi[2]. Shunga qaramay, ular janubga harbiy qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. Janaqov 2007-yil 8-yanvar kuni Ras Kamboni jangida AQSh havo hujumida oʻlganligi haqida yolgʻon xabar berilgan edi[3]. Adurahmon Janaqov Murusade klanining aʼzosi hisoblanib[4], u keyinchalik u Somali hukumatida Adliya vaziri sifatida ham xizmat qilgan.

Abdurahmon Mahmud Farah
Fayl:Janaqoslo.jpg
Janaqovning Norvegiyadagi nutqi.
Mansab davri
2009 – 2010
Prezident Sharif Sheyx Ahmad
Oʻtmishdoshi Hasan Dimbil Varsamiy
Vorisi Salim Aliyov Ibrov
Mansab davri
26-Iyun, 2006 – 27-December, 2006
Oʻtmishdoshi Position established

Islom sudlari ittifoqi

tahrir

Janaqov 2006-yilning yozida ICU ijrochi raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat yurita boshladi[5][6]. 2006-yil 27-dekabr kuni u Mogadisho shahrini evakuatsiya qilib, janubiga qochib ketayotganida[7]: „Biz fuqarolarning xavfsizligi sababli Mogadishudan ketishga qaror qildik. Biz dushmanimiz va ularning doʻstlari bilan alohida joyda, fuqarolardan uzoqda boʻlishni xohlaymiz“ degan soʻzlarni aytadi[8].

Manbalar

tahrir
  1. Staff (16 November 2006) "Somali Islamists say UN report on arms embargo „shocking“" BBC Worldwide Monitoring
  2. Farah, Mohamed Abdi (27 December 2007) „Somalia: ICU leaders resign as Ethiopian army nears the capital“ SomaliNet (Wayback Machine saytida January 10, 2007, sanasida arxivlangan)
  3. Meyer, Josh (10 January 2007) „Pentagon says Somalia attack not the end“ Register-Guard, Eugene, Oregon last accessed 27 May 2007 [sayt ishlamaydi]
  4. Meyer, Josh (10 January 2007) „Pentagon says Somalia attack not the end“ Register-Guard, Eugene, Oregon last accessed 27 May 2007 [sayt ishlamaydi]
  5. Staff (18 September 2006) BBC Worldwide Monitoring
  6. Staff (15 September 2006) „Somali Islamists warn local women against imitating Westerners“ BBC Worldwide Monitoring
  7. Farah, Mohamed Abdi (27 December 2007) „Somalia: ICU leaders resign as Ethiopian army nears the capital“ SomaliNet Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  8. Staff (28 December 2006) „Somaliaʼs capital free of Islamic fighters: Government forces enter city, ready to take control“ Grand Rapids Press Grand Rapids, Michigan

Yana qarang

tahrir