Abdurahmon Mamadaliyev

Tibbiyot fanlari doktori, professor, taniqli neyrojarroh, Samarqand davlat tibbiyot instituti neyrojarrohlik kafedrasi oʻqituvchisi, Rossiya Federatsiyasi tibbiy fanlar akademiyasining aʼzosi, „Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi..

Abdurahmon Mamadaliyev — Tibbiyot fanlari doktori, professor, taniqli neyrojarroh, Samarqand davlat tibbiyot instituti neyrojarrohlik kafedrasi oʻqituvchisi, Rossiya Federatsiyasi tibbiy fanlar akademiyasining aʼzosi, „Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibi[1].

Abdurahmon Mamadaliyev
Tavalludi 23-may 1942-yil (1942-05-23) (82 yosh)
Taʼlimi Samarqand davlat tibbiyot instituti
Kasbi Neyrojarroh
Dini Islom
Mashhur ishlari Oʻtkir davrdagi bosh-miyaning ogʻir jarohatlarini davolash usullari.
Unvoni Tibbiyot fanlari doktori, professor
Mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi

Biografiyasi

tahrir

Mamadaliyev Abdurahmon Mamatqulovich 1942-yil 23-may kuni Surxondaryo viloyati Denov tumani Jiydabuloq qishlog'ida tavallud topgan.1959-yilda oʻrta maktabni aʼlo baholar bilan tamomlagan. Maktabni yakunlagach qiziqishlari ortidan borib Samarqand davlat tibbiyot institutiga oʻqsihga kirgan. 1965-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan yakunlagan.

Aspirantura

tahrir

Bakalavr bosqichini yakunlagach 1965-yildan 1968-yilga qadar Samarqand davlat tibbiyot institutida nayrojarrohlik yoʻnalishi boʻyicha aspiranturada tahsil olgan. 1970-yilda „Periferik nervlarning katta jarohatlarini autoplastika qilish metodi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyatining ilk yillarida Samarqand davlat tibbiyot instituti neyrojarrohlik kafedrasida assitent lavozimida ishlagan va talabalarga dars bergan. Keyinchalik kafedra mudiri, internatura dekani, dekan muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Doktarantura

tahrir

1985—1988-yillarda Moskvadagi N. N. Burdenko nomidagi neyrojarrohlik ilmiy tekshirish institutida doktoranturada tahsil olgan. 1989-yilda „Bosh miya jarohatining prognozlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Doktorlik dissertatsiyasida tinchlik davrida zilzilar va baxtsiz hodisalar tufayli bosh miyaga yetadigan jiddiy shikastlar va voqea joyidan bemorni transpartirovka qilish boʻyicha koʻrsatmlar belgilab oʻtilgan. Bundan tashqari urush vaqtida bosh sohasidan jarohat olgan bemorlarga birinchi yordam koʻrsatish va ularni davolash usullari keltirib oʻtilgan.

Ilmiy faoliyat

tahrir

Abdurahmon Mamadaliyev neyrojarrohlik boʻyicha dunyo miqiyosidagi simpoziumlarda va butunittifoq konferensiyalarida oʻzining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etgan. 50 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi[2].

Manbalar

tahrir