Abdurahmon ibn Utba al-Fihriy
Abdurahmon ibn Utba al-Fihriy (arabcha: عبد الرحمن بن جحدم الفهري), Ibn Jahdam nomi bilan ham tanilgan. 684-yilda Ikkinchi Fitna paytida Misr hokimi boʻlgan.
Abdurahmon ibn Utba al-Fihriy arabcha: عبد الرحمن بن جحدم الفهري | |
---|---|
Misr hokimi | |
Mansab davri 684 – 684 (1 yildan kamroq) | |
Oʻtmishdoshi | Said ibn Yazid ibn Alqama al-Azdiy |
Vorisi | Abdulaziz ibn Marvon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Otasi | Utba al-Fihriy |
Abdulloh ibn az-Zubayr Makkada oʻzini xalifa deb eʼlon qilganida Misrdagi Xorijiylar ham uni qoʻllab-quvvatlashlarini eʼlon qilishdi. Ibn az-Zubayr Abdurahmon ibn Utba al-Fihriyni Misrga viloyat hokimi etib yubordi. Amaldagi hokim Said ibn Yazidga oʻz oʻrnini topshirganiga qaramay, viloyatdagi yuqori martabali arablar uning tirikligiga zoʻrgʻa chidab turishar edi. Shu sababli ular Damashqda Umaviylar xalifasi Marvon I bilan aloqa qila boshladilar. Bu aloqalar Marvonni Misrga qarshi yurishga undadi, Abdurahmon esa mudofaani ishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Abdurahmon poytaxt shahar Fustatni mustahkamlashga harakat qildi, biroq uning tomonidan Aqaba yaqinida Umaviylar harakatini toʻxtatish uchun yuborilgan qoʻshin magʻlubiyatga uchradi, uning floti esa boʻron oqibatida halokatga uchradi. Marvon Misrga hech qanday qarshiliksiz kirib keldi. Fustat oldidagi bir nechta toʻqnashuvlardan soʻng shaharning yuqori qatlam vakillari taslim boʻlishi bilan Misrni egallashga muvaffaq boʻldi. Abdurahmonga esa Misrdan mol-mulkini olib chiqib ketishiga ruxsat berildi[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Kennedy, Hugh „Egypt as a province in the Islamic caliphate, 641–868“, . Cambridge History of Egypt, Volume One: Islamic Egypt, 640–1517. Cambridge: Cambridge University Press, 1998 — 62–85-bet. ISBN 0-521-47137-0.
Oʻtmishdoshi: Said ibn Yazid ibn Alqama al-Azdiy |
Misr hokimi 684 |
Vorisi: Abdulaziz ibn Marvon |