Abdurahmon ota masjidiOʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Narpay tumani Tortuvli MFYda joylashgan masjid[1]. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[2].

Masjid
Abdurahmon ota masjidi
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Samarqand
Shahar Qoʻshrabot
Manzil Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Yodgorov Abdumannon
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Saharlik va iftorlik
Kutubxona


Tarixi

tahrir

Abdurahmon ota masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. 1999-yil 1-sentabrda masjid ro'yxatdan o'tkazilgan[3]. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Ushbu masjidning imomi Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanining imom-xatibi Yodgorov Abdumannon bo'lib, Juma namozi, Qurbon va Ramazon hayiti namozlari vaqtida oʻz mav’izalarini qiladi[4].

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Masjid Samarqand viloyati Narpay tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida maftunkor naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Narpay tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Narpay tumanining aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[4]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Narpay tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „"ABDURAXMON OTA" JOME` MASJIDI“. legat.by.uz. legat.by.uz. Qaraldi: 16-sentabr 2024-yil.
  2. „Ўзбекистон масжидлари“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
  3. „"АБДУРАХМОH ОТА" жомъе масжиди“. uzorg.uz. uzorg.uz. Qaraldi: 16-sentabr 2024-yil.
  4. 4,0 4,1 „Абдурахмон ота жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 16-sentabr 2024-yil.
  5. „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.

Andoza:Narpay tumanidagi masjidlar