Abduraim Homidov
Abduraim Homidov (1943.20.10, Toʻraqoʻrgʻon tumani Shahand qishlogi) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2004). Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi "Oʻzbekiston" shirkat xoʻjaligida mexanizatorlikdan boshlagan. 1974-yildan shu xoʻjalikda brigada boshligʻi, bosh pudratchi. Homidov paxtachilikda keng kultivatsiya, chuqur egat olish, oʻgʻitlash sonini koʻpaytirish kabi yangi agrotexnologiyalarni yaratdi va qoʻlladi, gʻalladan 67,6, paxtadan 45 s/ga (2003) hosil yetishtirishga, shartnomaviy rejalarni muntazam oshirib bajarishga erishdi. Koʻplab shogirdlar yetishtirdi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2001).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |