Abdurashid Abdugʻafurov
Abdurashid Xoʻjayevich Abdugʻafurov — (15-yanvar 1931-yil, Toshkent) — adabiyotshunos va matnshunos.
Abdurashid Abdugʻafurov | |
---|---|
Tavalludi |
1931-yil 15-yanvar Toshkent |
Kasbi | filolog, manbashunos |
Sohasi | adabiyot, filologiya |
Ish joylari | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti |
Institutlar | O'rta Osiyo Davlat universiteti |
Taʼlimi | oliy |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mashhur ishlari | „Qalb qaʼridagi qadriyatlar“ (1999-yil) va „Muhammad Rizo Ogahiy“ (1999-yil) |
Mukofotlari | Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti |
Taʼlimi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filologiya fanlari doktori (1970), professor (1979). Oʻrta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1951).
Faoliyati
tahrirOʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958-1976-yillar; 1981-1992-yillar), boʻlim mudiri (1992-yildan) lavozimlarida faoliyat yuritgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—1981-yillar) boʻlib ham ishlagan.
Asarlari
tahrirAbdurashid Abdugʻafurovning oʻzbek mumtoz adabiyotining muhim ilmiy-amaliy masalalariga bagʻishlangan „Oʻzbek demokratik adabiyotida satira“ (1961), „Navoiy satirasi“ (1-jild, 1966), „Navoiy ijodida satira“ (2-jild, 1972), „Zokirjon Furqat“ (1977) kabi yirik monografiyalari ham bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan. Shuningdek uning „Qalb qaʼridagi qadriyatlar“ (1999-yil) va „Muhammad Rizo Ogahiy“ (1999-yil) kabi asarlari ham mavjud.
Mukofotlari
tahrirBeruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992) boʻlgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- „Abdurashid Abdugʻafurov“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 1-jild (A — Beshbaliq). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000 — 736-bet. .
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |