Mamajon Abdurasulov (1927-yil, Shahrixon tumani Naynovo qishlogʻida tavallud topgan [1]. Xalq oʻqituvchisi (1981). Fargʻona pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetini tamomlagan (1963). 1950-yildan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 41-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 40 yildan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni ragʻbatlantirish orqali taʼlim-tarbiyani yuqori saviyaga koʻtarish usuli Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda keng ommalashtirilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/MING-XIL-GULNING-IFORI.htm
  2. "Abdurasulov Mamajon" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil