Abdurauf Fitrat koʻchasi (Toshkent)
Abdurauf Fitrat koʻchasi — Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi (sobiq Kuybisheva shossesi)[4].va Abu Sulaymon Banokatiy koʻchasi oraligʻida joylashgan. Koʻcha oʻzbek badiiy adabiyotining taniqli ijodkori Fitrat nomi bilan ataladi. 1990-yilning 28-iyunida „Noviy put koʻchasi“ nomi Abdurauf Fitrat koʻchasi deb qayta nomlangan[2]. 5 ta tor koʻchani oʻz ichiga oladi. Koʻchaning yoʻnalishlarida Mirobod dehqon bozorida joylashgan „Fargʻona“ shahobchasi, Qorasuv kanali, Toshkent tramvay-troleybus boshqarmasining poliklinikasi, koʻp qavatli hamda shaxsiy turar joy binolari oʻrin olgan. Koʻchaning uzunligi 3 km ni tashkil qiladi.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirobod |
Uzunligi | 3 km |
Kengligi | 17.5 m |
Boshlanish koordinatalari | 41°16′23″N 69°18′38″E / 41.273076°N 69.310603°E |
Tugash koordinatalari | 41°16′19″N 69°16′46″E / 41.271980°N 69.279401°E |
Avvalgi nomlari | Noviy put[1][2] |
Kim sharafiga nomlangan | Abdurauf Fitrat |
Kesishgan koʻchalari |
Fargʻona yoʻli Sarikoʻl Eski Sarikoʻl Yangizamon |
Koʻchada joylashgan binolar |
Fargʻona dehqon bozori 3-kasalxona Mirobod IIB[3] |
Tarixi va nomi
tahrirKoʻchasi oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori boʻlmish Abdurauf Fitrat nomi bilan nomlangan.
Tavsifi
tahrirAbdurauf Fitrat Muxtor Ashrafiy koʻchasidan boshlanadi va Geydar Aliyev va Qumariq koʻchasida yakunlanadi. Abdurauf Fitrat koʻchasi Eski Sarikoʻl koʻchasi, Sarikoʻl koʻchasi, Yangizamon koʻchasi, Abu Sulaymon Banokatiy koʻchasi va Geydar Aliyev koʻchasidan kesishadi.
Mashhur binolar va inshootlar
tahrirAbdurauf Fitrat koʻchasida koʻplab binolar va inshootlar joylashgan. Koʻchada Shaxar 3-son klinik shifo xonasi mavjud. Koʻchadan uzoq boʻlmagan masofada Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeropoti joylashgan. Koʻchadan Vokzalga orib boruvchi temir yoʻl joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ https://www.openstreetmap.org/way/177632634#map=17/41.26737/69.29661
- ↑ 2,0 2,1 „Переименование названий улиц в Ташкенте, Узбекистан (397)“ (ru). Qaraldi: 28-noyabr.
- ↑ https://adresglob.ru/rovd-mirabadskogo-r-na
- ↑ „Переименование названий улиц в Ташкенте, Узбекистан (427)“ (ru). Qaraldi: 28-noyabr.