Abdurrahmon al-Fiyruzobodiy
Abdurrahmon ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn Nasr ibn al-Muxtafiz al-Muzniy al-Firuzobodiy — fozil, zuhd, olim. Firuzobod qishlog‘idan bo‘lgan. U sakkiz yil Madina shahrida yashab, fiqhni o‘rgangandan so‘ng o‘z yurtiga qaytgan edi. So‘ngra Iroqqa borib, uning mashoyixlaridan hadislar yozib olgan. Barcha islomiy masalalarda ham, Qurʼon xususida ham Madina ahlining mazhabida edi. U ko‘plab olimlardan hadislar rivoyat qilgan[1].
Abdurrahmon al-Fiyruzobodiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | hijriy 307-yil |
Dini | Islom |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Renessans olimlari qomusi (o‘zbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 24-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |