Abdus Sattor Akon
Muftiy Abdus Sattor Akon (1929—2012-yil 6-fevral) – oʻqituvchi, siyosatchi va Bangladesh Jamoati Islomiy siyosiy partiyasining sobiq rahbari. Bagerxat-4 parlamentining sobiq aʼzosi ham edi[1].
Abdus Sattor Akon | |
---|---|
আব্দুস সাত্তার আকন | |
Bagerhat-4 parlamentining aʼzosi | |
Mansab davri 1991-yil 20-mart – 1996-yil 30-mart | |
Oʻtmishdoshi | Mia Abbos Uddin |
Vorisi | Arshaduzzamon |
Mansab davri 2001-yil 13-iyul – 2008-yil 29-yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Mozammel Hussayn |
Vorisi | Mozammel Hussayn |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1929 Chalitabunia, Bagerhat, Bengal prezidentligi, Britaniya Hindistoni |
Vafoti |
2012-yil 6-fevral Dakka, Bangladesh |
Siyosiy partiyasi | Bangladesh Jamoati Islomiy |
Dafn etilgan joyi | Chalitabunia, Bagerhat tumani |
Bolalik va yoshlik davrlari
tahrirAkon 1929-yilda Bengal prezidentligi Xauliya Ittifoqidagi Chalitabuniya qishlogʻida bengal musulmon Akon oilasida tugʻilgan. Otasi Alimuddin Akon[manba kerak]. Akon dastlab Morrelganjdagi Amtali madrasasida, keyin Lakshmipurdagi Tumchar madrasasida tahsil olgan. Soʻngra Firozpurning Nesarobod shahridagi Sarsina Darus-sunnat Komil madrasasida oʻqishni davom ettirdi[2].
Kasbiy faoliyati
tahrirAkon kasbiy faoliyatini islomshunoslik oʻqituvchisi sifatida boshlagan. Bagerhat Alia madrasasi, Xulnadagi Nesariya Alia madrasasi va Chuadanga Alia madrasalarida mudirlik qilgan[manba kerak]. 1969-yilda Jamoati Islomi Pokistonning Bakerganj tumani boʻlimi rahbari boʻldi. 1970-yilda partiyaning Xulna boʻlimi rahbari etib koʻtarildi. Shuningdek, partiyaning Bagerhat tumani boʻlimi rahbari boʻlib ishlagan va Bangladesh Jamoati Islomiy markaziy shoʻrosining aʼzosi ham edi[manba kerak].
1991-yilda Bangladeshdagi umumiy saylovlarda Akon Bagerhat-4 saylov okrugidan partiya nomzodi sifatida qatnashdi va muvaffaqiyat qozondi. 2001-yilgi Bangladeshdagi umumiy saylovlardan keyin ikkinchi muddatga parlamentga saylangan[3][4].
Vafoti va merosi
tahrirAkon 2012-yil 6-fevralda Bangladeshning Dakka shahridagi Ibn Sino kasalxonasida kasallik tufayli vafot etdi[manba kerak]. Ikki kundan keyin dafn marosimi boʻlib oʻtdi va oilaviy qabristonga dafn qilindi. Undan uch oʻgʻil va yetti qiz qoldi[manba kerak].
Manbalar
tahrir- ↑ „সাবেক এমপি মুফতি আবদুস সাত্তারের ইন্তিকাল“ (bn). সাপ্তাহিক সোনার বাংলা (2012-yil 10-fevral). 2019-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „সাবেক এমপি জামায়াত নেতা মুফতি আব্দুস সাত্তারের ইন্তিকাল আজ দাফন“ (bn). The Daily Sangram (2012-yil 8-fevral). 2019-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „List of 8th Parliament Members“. parliament.gov.bd. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
- ↑ „Electoral Area Winner“ (en). Amarmp. Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.