Abdusalom Hamidov (1885-yil Buxoro1940-yil) – kandakor usta. Buxoro kandakorlik maktabining yirik vakili. Abdusalom Hamidov anʼanaviy naqsh mujassamotiga yangi ramz va ohanglarni olib kirgan: yulduz, gerb, bugʻdoy boshogʻi, gʻoʻza chanogʻi, odam tasvirlari va hokazolar. Abdusalom Hamidov koʻplab shogirdlar tayyorlagan (shogirdlari orasida oʻgʻli Salimjon Hamidov ham bor). Hamidov ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil