Abduxalil Razzoqov
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Abduxalil Abduxoliqovich Razzoqov - Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi(1992), tarix fanlari doktori, professor(1991), Oliy taʼlim aʼlochisi(1999), Xalq taʼlimi aʼlochisi(2001), Xalqaro Oliy taʼlim fanlari akademiyasi akademigi(2008).
Abduxalil Abduxoliqovich Razzoqov | |
---|---|
Tavalludi |
1939, 4 oktabr Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani, Yorugʻ qishlogʻi |
Vafoti |
2013, 11 dekabr |
Sohasi | Iqtisodiy tarix |
Taʼlimi | Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) |
Hayoti va faoliyati
tahrirAbduxalil Abduxoliqovich Razzoqov 1939-yilning 4-oktabrida Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumani Yorugʻ qishlogʻida tavallud topgan. Otasi, Abduxoliq Razzoqov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan mehanizator, onasi, Salima Razzoqova uy bekasi boʻlgan. Oʻrta maktabni tugatgach(1957), Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti, hozirgi OʻzMUda(1957-1962), keyinroq Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Institutida(1983) taʼlim olib, imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
1962-1968-yillarda Oʻrta Osiyoda suv muammolarini oʻrganish borasida Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish institutida kichik ilmiy xodim, aspirant boʻlgan.
1968-1971-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida kichik ilmiy xodim boʻlgan.
1971-2009-yillarda Tohskent Xalq Xoʻjaligi Institutida(hozirgi TDIU) katta oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
1971-yilda "Mirzachoʻldagi sugʻoriladigan yerlar meleoratsiyasi tarixi(1917-1967 yy.)" mavzusidagi dissertatsiya ishiga tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
1991-yilda "Oʻzbekistonda meleoratsiya tarixi" mavzusidagi dissertatsiya ishi uchun tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
Xorijiy ilmiy safarlari
tahrir1988-yilda Yugoslaviya (Makedoniya)da ilmiy-pedagogik safarda boʻlgan.
1995-yili Markaziy Osiyoni oʻrganish boʻyicha Yevropa jamiyati (ESCAS) aʼzosi sifatida Kopengagen shahridagi V konferensiyada ishtirok etdi.
1997-yili Nyu-York shahrida BMT institutida stajirovka oʻtgan.
1998-yili Venesiya shahrida ESCASning VI konferensiyasida «Oʻzbekistonda xususiylashtirishning asosiy bosqichlari» toʻgʻrisida maʼruza qilgan.
1999-yili Venada ESCASning VII konferensiyasida «Oʻzbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirishning ayrim masalalari» mavzusida maʼruza qilgan.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati
tahrir1965-yilda "Togʻdan qancha suv keladi?" (Toshkent, Oʻzbekiston. 40 b.,) deb nomlangan birinchi kitobchasi nashr etilgan.
Uning rahbarligida Xisamieva G.J. nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 20 dan ortiq Fan nomzodi va doktorlik dissertatsiyalariga rasmiy oppenentlik qilgan.
Abduxalil Razzoqovning eʼlon qilingan asarlari bibliografiyasi 400 dan ortiq nomda boʻlib, shulardan 50 tasi monografiya, darslik va risolalar.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida 82 ta ilmiy maqola eʼlon qilingan.
Asosiy ilmiy asarlari
tahrir1. Inson va suv. (R.Egamberdiev bilan birga). Toshkent, Oʻzbekiston KP MK birlashgan nashriyoti. 1971-yil-40 b.
2. Meloratsiyaning xalq usullari. T., Oʻzbekiston. 1982-yil-24 b.
3. Iz istorii melioratsiya zemel Uzbekistana. INION AN SSSR, № 17110. 1982-yil-108 str.
4. Oʻzbekistonda qoʻriq yerlarni sugʻorish, oʻzlashtirish va meloratsiyalash tarixidan (Mirzachoʻl misolida). (R.Egamberdiev bilan birga). Toshkent, Fan. 1984-yil-286 b..
5. Oʻzbekiston melioratsiyasi: oʻtmish, bugun, kelajak. T., Fan. 1988-yil-48 b.
6. Suv va hayot. T., Mehnat. 1991-yil-152 b.
7. Актуальные проблемы экономики Узбекистана переходного периода. Ташкент, ТГЭУ. II Глава. 1996 г.-(с. 5-14).
8. Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi. Oʻquv qoʻllanma. (Sh.Toshmatov va N.Oʻrmonov bilan hamkorlikda). T., Fan, 1997-yil-hajmi 27.9 b.t..
9. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti tahlili. Oʻquv qoʻllanma. T., TDIU, 2001-yil-86 b.
10. Yetakchi mamlakatlar iqtisodiyoti. Oʻquv qoʻllanma. T., TDIU, 2002-yil-112 b.
11. Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi. Darslik. (Sh.Toshmatov va N.Oʻrmonov bilan hamkorlikda). T., Moliya, 2002-yil-492 bet.
12. Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari. T., TDIU. 2004-yil-65 bet.
13. Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy gʻoyalari. T., TDIU. 2004-yil-80 bet.
14. Nobel mukofoti laureatlari (iqtisodchilar). T., 2009. 88 bet.
15. Iqtisodiy tafakkur sarchashmalari. T., “Oʻzbekiston”, 2011-yil-248 bet.
Manbalar
tahrir- TDIU olimlari. Toshkent, TDIU, 2001.
- TDIU, "Iqtisodchi" gazetasi, 2013-yil, 12-son.