Abelyar Pyer
(Abelyar Perdan yoʻnaltirildi)
Peter Abelard (1079-1142) – fransuz faylasufi, ilohiyotchisi va shoiri. Sxolastik mantiq asoschilaridan. A. har bir hodisani koʻr-koʻrona eʼtiqodga asoslangan holda emas, balki fikr yuritish asosida baholashni targʻib etganligi uchun cherkov vakillarining gʻazabiga duchor boʻlgan. A. „ha va yoʻq“ asarida xristian din i nazariyotchilari qarashlarining bir-biriga qaramaqarshi ekanligini ochib bergan. A. taʼlimoti 1121 va 1140-yillardagi soborlarda muhokama etilgan. Universaliy (umumiy tushuncha) tabiati haqidagi munozarada keyinchalik konseptualizm deb atalgan taʼlimotni rivojlantirdi. A.ning Eloizaga boʻlgan fojiaviy muhabbati oʻzining „Mening koʻrgan-kechirgan musibatlarim“ avtobiografik asarida bayon etilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |