Aberratsiya
Aberratsiya (lotincha: aberratio – ogʻish) 1) umumiy maʼnoda – meʼyordan ogʻish, meʼyordagi qiymatlardan farqlanish; 2) optik tizimlarda – optik tizimning risoladagidek emasligi tufayli tasvirning buzilishi, tasvir aniq chiqmaydi, asliga toʻliq mos kelmaydi yoki chaplashib koʻrinadi. Aberratsiyaning geometrik, xromatik va difraksion turlari mavjud.
Sferik aberratsiya - katta diametrli va qisqa fokusli qavariq linza yordamida oddiy tajriba oʻtkazib, bu nuqsonning qanday yuzaga kelishini koʻrish mumkin.
Yigʻuvchi linzaning bosh optik oʻqiga L yorugʻlik manbai joylashtiramiz. Buning uchun katta E ekran olib, uning oʻrtasida taxminan 1 mm diametrli S teshik ochamiz va oldiga M xira shishani mahkamlab qoʻyamiz. Soʻng uncha katta boʻlmagan, lekin yorqin chogʻlanma lampani xira shisha yaqiniga joylashtirsak, yoritilgan teshik yorugʻlik manbai vazifasini bajaradi.
Yorugʻlik nurining keng dastasidan foydalanilganda linzaning chetlari nurlarni oʻrta qismiga qaraganda kuchliroq sindiradi. Natijada katta diametrli E ekranda manbaning nuqta tasviri emas, balki nuqsonli yoyilib ketgan dogʻ koʻrinishidagi tasviri hosil boʻladi.
Optik asboblarda yorugʻlikning keng dastasidan foydalanganda yuzaga keladigan nuqsonsferik aberratsiya deyiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |