Abidjan — Kot-d’Ivuarda joylashgan shahar (1960 - 1983-yillarda poytaxt) va asosiy portlardan biri. Abidjan departamentining maʼmuriy markazi. Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan bo'lib, maydoni qariyb 20 km². Aholisi shahar atrofi bilan 2 mln. kishi (1985-yil), asosan afrikaliklar. Abidjan — Afrikadagi zamonaviy shaharlardan. Abidjanga XIX asrning 80-yillarida fransuzlar asos solgan. 1934-yildan Fransiyaning Fil Suyagi Qirgʻogʻi mustamlakasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning tashqi savdosi Abidjan orqali olib boriladi. Abidjan Gʻarbiy Afrikaning eng yirik portlaridan biri, xalqaro aeroport bor. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash (Gʻarbiy Afrikadagi eng katta neftni qayta ishlash zavodi), yengil sanoat korxonalari mavjud. Universitet, Dakardagi Qora Afrika institutining filiali, bir necha teatr, kutubxonalar, radiostansiya, telemarkaz va boshqa bor[1].

Abidjan
5°20′11″N 4°1′36″W / 5.33639°N 4.02667°W / 5.33639; -4.02667
Mamlakat Kot-dʼIvuar
[[File:|290px|Abidjan xaritada]]

Manbalar

tahrir
  1. "Abidjan" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil