Abiogen tabiat
Abiogen tabiat – geografik qobiq taraqqiyotining organik dunyosiz oʻtgan dastlabki davr tabiati. Yer taraqqiyotining arxey va proterozoy eonlarida tabiat abiogen tabiat boʻlgan. Abiogen tabiat 2,5-3 mlrd. Yil davom etgan deb taxmin qilinadi. Bu davrda tabiat Yer poʻstidagi birlamchi togʻ jinslari, havo va suvlardan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda Oy, Utorud (Merkuriy) va Zuhra (Venera) sayyoralari tabiatini abiogen tabiat deyish mumkin[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |