Abra, rasman Abra provinsiyasi, Filippinning Cordillera maʼmuriy mintaqasida joylashgan 3-toifadagi provinsiya hisoblanadi.Abra provinsiyasining markazi Bangued munitsipalitetidir. Abra provinsiyasi shimoli-gʻarbda Ilocos Norte, shimoli-sharqda Apayao, sharqda Kalinga, janubi-sharqda Mountain provinsiyasi va janubi-gʻarbda Ilocos Sur bilan chegaradosh.

Abra

Abra provinsiyasi
Abra
Bayroq
17°35′0″N 120°45′0″E / 17.58333°N 120.75000°E / 17.58333; 120.75000
{{{mintaqa_turi}}} Osiyo
[[File:|290px|Abra xaritada]]
Abra
Abra

Etimologiyasi

tahrir

Abra ispancha „abre“ soʻzidan olingan boʻlib, „darra“, „oʻtish“, „buzish“ yoki „ochish“ degan maʼnoni anglatadi. Bu soʻz birinchi marta ispanlar tomonidan Abra daryosining Gʻarbiy Filippin dengiziga qoʻyilish joyi „Banaoang deltasini“ (Rio Grande de Abrani) belgilash uchun ishlatilgan[1].

Tarixi

tahrir

Mustamlakachilikdan oldingi davr

tahrir

Abraning dastlabki aholisi Bontocs va Ifugaoslarning ajdodlari edi.Bu aholi keyinchalik Mountain provinsiyasiga koʻchib oʻtishgan. Dastlabki aholining boshqa qatlamini Tingguianlar (yoki Itneglar) tashkil etgan.

Ispaniya mustamlakachiligi davri

tahrir

Tingguianlar nomi birinchi marta 1585-yilda Domingo de Salazarning Ispaniya qiroliga yozgan maktubida tilga olingan.

1598-yilda Bangued shahri ispan-Iloko qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Shahar egallanganidan soʻng oʻzlarining missionerlarini mahalliy aholidan himoya qilish uchun ispanlar oʻzlarining garnizonlarini tuzdilar. Shu yoʻl bilan ispanlar Tingguianlarni xristianlashtirishlari va hududdagi oltin konlarini topishni rejalashtirishgan edi.

Bangued, Vigan va Bantay shaharlari ispan missionerlari qaramogʻida boʻlgan. Fr. Esteban Marin va Fr. Agustin Minon 1598-yildayoq Banguedda ispaniya missiyasini tashkil etishgan. Ispaniya mustamlakasi ostidagi hududlarga 1612-yil 5-aprelda Fr. Pedro Columbo birinchi vazir etib tayinlandi. Augustinianlarning bu harakatiga Dominicanning Narvacan vazirligini egallashi sabab boʻlganga oʻxshaydi. Dominicanlar Narvacanni Abra shahrining boshqa hududlarini ham xristianlashtirish uchun missionerlik markaziga aylantirmoqchi boʻlishdi.Ushbu Dominicanlarning harakatini nazorat qilish uchun Augustinianlar Bangued shahrida vazirlik lavozimini tashkil qilishdi.

Bantaydagi cherkov ruhoniysi Fr. Juan Pareja OSA Abra provinsiyasini konvertatsiya qilishga rahbarlik qildi va shuning uchun 1626-yilda provinsiyaga keldi.

Fr. Jose Polanco „OP“ Abra provinsiyasi konvertatsiyasiga hissa qoʻshdi. Fr. Jose Polanco 1679-yilda Abra provinsiyasida vafot etgan. Mahalliy aholi uni avliyo deb hisoblashgan.

Fr. Bernardino Lago „OSA“ XIX asrning boshlarida provinsiyaga kelgan. 1823-yilda Fr. Bernardino Lago Pidigan shahrida oʻz ish faoliyatini boshlagan. 25 yildan soʻng Fr. Bernardino Lago bu shaharda mingga yaqin xristianlik markazlarini tashkil qilgan. Ular orasida quyidagi shaharlar ham mavjud edi:

  • Tayum, 1803-yil
  • San-Gregorio, 1829-yil
  • Pidigan, 1823-yil
  • La Paz, 1832-yil
  • Bucay, 1847-yil
  • San Jose, 1848-yil
  • Villavieja, 1862-yil
  • San Quintin, 1868-yil
  • Dolores, 1882-yil
  • Pilar, 1882-yil
  • San Juan, 1884-yil
  • Alfonso XII, 1884-yil

Dastlab Abra hududi „El Abra de Vigan“ („Viganning ochilishi“) deb nomlangan.Filippinni Britaniya imperiyasi ishgʻol qilgan vaqtda Gabriela Silang va uning qoʻshini Ilocosdan Abra provinsiyasiga chekinishga majbur boʻlgan.

1818-yilda Ilocos mintaqasi Ilocos Norte va Ilocos Surga boʻlingan. 1846-yil 9-oktyabrda Abra provinsiyasi va gubernatorning qarorgohi Bucayda joylashgan mustaqil viloyatga aylandi. 1863-yilda poytaxt viloyatning eng qadimgi shahri Banguedga koʻchirildi. Bu 1899-yilda amerikaliklar kelguniga qadar shunday boʻlib qoldi.

Amerika davri

tahrir

1908-yilda Filippin hukumati Abraning moliyaviy qiyinchiliklarini hal qilish uchun uni Ilocos Sur tarkibiga qoʻshib oldi. 1917-yil 9-martda Filippin Assambleyasi 2683-sonli qonunga binoan Abrani provinsiya sifatida qayta tashkil etdi[2].

Ikkinchi jahon urushi

tahrir

1942-yilda Yaponiya qoʻshinlari Filippinni bosib oldi va Abra provinsiyasini egallab oldi. 

Abra provinsiyasi Filippin Hamdoʻstligi kuchlari va mahalliy Cordilleran partizanlari tomonidan 1945-yilda ikkinchi Jahon urushi oxirida Abra jangi paytida ozod qilingan. 

Yaqin tarixi

tahrir

Cordillera qabilalarining huquqlari uchun kurashgan inqilobchi marksist ruhoniy Conrado Balweg salib yurishini Abrada provinsiyasida boshlagan. 1987-yilda Balweg guruhining aʼzolari bilan tinchlik kelishuviga erishganidan soʻng Filippin hukumati Abrani oʻz ichiga olgan Cordillera maʼmuriy hududini tashkil qildi[3].

Geografiyasi

tahrir

Abra provinsiyasi Luson orolidagi Cordillera maʼmuriy hududining gʻarbiy qismida joylashgan.U shimoli-gʻarbda Ilocos Norte, shimoli-sharqda Apayao, sharqda Kalinga, janubi-sharqda Mountain provinsiyasi va janubi-gʻarbda Ilocos Sur provinsiyalari bilan chegaradosh hisoblanadi. Abra provinsiyasining umumiy yer maydoni 4,165.25 square kilometre or 1,608.21 kvadrat milyani tashkil qiladi.

Provinsiya gʻarbda Ilocos togʻ tizmalari va sharqda Markaziy Cordillera bilan chegaralangan. Abra daryosi provinsiya hududini ikkiga boʻlib oqib oʻtadi va Dolores munitsipaliteti yaqinidagi sharqiy togʻ tizmasidan boshlanuvchiTineg daryosiga qoʻshiladi.

Abra provinsiyasi 27 ta munitsipalitetdan iborat boʻlib, ularning barchasi Abraning Abraning yagona Kongress okrugiga hududiga kiradi.

 
Munitsipalitetlar Aholisi
2020-yil
Bangued 48,163
Boliney 3,573
Bucay 17,115
Bucloc 2,501
Daguioman 2,088
Danglas 4,192
Dolores 11,315
La Paz 15,437
Lacub 3,403
Lagangilang 14,255
Lagayan 4,499
Langiden 3,198
Licuan-Baay (Licuan) 4,689
Luba 6,339
Malibcong 3,428
Manabo 10,761
Peñarrubia 6,640
Pidigan 12,185
Pilar 10,223
Sallapadan 6,622
San Isidro 4,574
San Juan 9,867
San Quintin 5,438
Tayum 14,467
Tineg 5,097
Tubo 5,699
Villaviciosa 5,392
Umumiy 250,985

Demografiya

tahrir

2020-yildagi aholini roʻyxatga olish koʻrsatkichlarida Abra provinsiyasi aholisi 250 985 kishini tashkil etdi. Aholi zichligi esa har kvadrat kilometr maydonga 60 kishidan toʻgri keladi.

Abra aholsining asosiy qismini Ilocano koʻchmanchilarining avlodlari va Tingguian qabilasi aʼzolari tashkil qiladi. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida Ilocano koʻchmanchilari umumiy aholining 71,94 % ini tashkil qilishi aniqlandi. Tingguian qabilasining avlodlari esa umumiy aholining 18,7 % ini tashkil qilgan. Provinsiyadagi boshqa etnik guruhlar ibanaglar (4,46 %), Itneglar  (3,17 %)  va Tagaloglar (0,42 %) dan iborat[4].Provinsiyadagi asosiy tillar Ilocano[5] va Itneg[6] tillari hisoblanadi.

Ahilining etnik tarkibi (2000)[4]
Etnik tarkibi Raqam
Ilocano
  
71.94% (150,457)
Tingguian
  
18,70% (39,115)
Ibanag
  
4.46% (9,334)
Itneg
  
3.17% (6,624)
Tagalog
  
415.5% (869)
Boshqalar
  
1.04% (2,175)
Boshqa xorijiy etnik guruhlar
  
7.65% (16)
Aniqlanmagan
  
265.84% (556)

Iqtisodiyot

tahrir

1990-yil holatiga koʻra Abra provinsiyasida 743 kottej sanoati mavjud boʻlib, ulardan 208 tasi Savdo va sanoat departamentida(Filippin) roʻyxatga olingan. Mamlakat aholisining 59 % i hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.

Abra iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Qishloq xoʻjaligidagi asosiy ekinlar sholi, sabzavotlar va ildizmevalar hisoblanadi. Savdo mahsulotlariga qahva, tamaki va kokos kiradi. Aholi chorvachilik uchun keng yaylovlardan foydalanadi.

Infratuzilma

tahrir

Quvvat taqsimoti

tahrir

 

Hukumat

tahrir

Sobiq harbiy va saylangan gubernatorlar roʻyxati[7]:

  • Don Ramon Tajonera va Marzal (harbiy gubernator): 1846-?
  • Don Esteban de Penarrubia (harbiy gubernator): 1868-?
  • Polkovnik William Bowen (harbiy gubernator): 1901-yil
  • Juan G. Villamor (gubernator): 1902-1904
  • Joaquin J. Ortega (gubernator): 1904-1914
  • Rosalio G. Eduarte (gubernator): 1914-1916
  • Julio V. Borbon (gubernator): 1916-1922
  • Virgilio V. Valera (gubernator): 1922-1925
  • Eustaqio P. Purugganan (gubernator): 1925-1930
  • Virgilio V. Valera (gubernator): 1930-1936
  • Bienvenido N. Valera (gubernator): 1936-1939
  • Eustaqio P. Purugganan (gubernator): 1939-1941
  • Bernardo V. Bayquen (gubernator): 1941-1944
  • Zacarias A. Crispin (gubernator): 1944-1946
  • Juan C. Brillantes (gubernator): 1946-1947
  • Luis F. Bersamin (gubernator): 1947-1951
  • Lucas P. Paredes (gubernator): 1951-1953
  • Vene B. Pe Benito 1953-yilda gubernator vazifasini bajaruvchi edi
  • Ernesto P. Parel (gubernator): 1953-1954
  • Jose L. Valera 1954-1963
  • Carmelo Z. Barbero (gubernator): 1963-1965
  • Petronilo V. Seares (gubernator): 1965-1971
  • Gabino V. Balbin (gubernator): 1971-1977
  • Arturo V. Barbero (gubernator): 1977-1984
  • Andres B. Bernos (gubernator): 1984-1986
  • Vicente P. Valera (gubernator): 1986-1987
  • Buenaventura V. Buenafe 1987-yilda gubernator vazifasini bajaruvchi edi
  • Vicente Y. Valera (gubernator): 1988-1998
  • Constante B. Culangen 1998-yilda gubernator vazifasini bajaruvchi edi
  • Maria Zita Claustro-Valera (gubernator): 1998-2001
  • Vicente Y. Valera (gubernator): 2001-2007
  • Eustaqio P. Bersamin (gubernator): 2007-2016
  • Maria Joselyn Valera Bernos (gubernator): 2016-yildan hozirgi kungacha

Manbalar

tahrir
  1. "The Ilocos Review Volume 19 - 1987". The Ilocos Review (Arnoldus Press, Inc.). ISSN 0019-2538. 
  2. „Act No. 2683; An Act to Authorize the Segregation of the Subprovince of Abra from the Province of Ilocos Sur and the Reestablishment of the Former Province of Abra, and for Other Purposes.“. Supreme Court E-Library (1917-yil 9-mart). Qaraldi: 2016-yil 18-mart.
  3. „Executive Order No. 220; Creating a Cordillera Administrative Region, Appropriating Funds Therefor and for Other Purposes“. The LawPhil Project (1987-yil 15-iyul). — „Sec. 2. Territorial Coverage. For purposes of the CAR, the region shall consist of the provinces of Abra, Benguet, Ifugao, Kalinga-Apayao and Mt. Province and the chartered city of Baguio. Until otherwise provided by the Cordillera Executive Board (CEB), the seat of the CAR shall be Baguio City.“. Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
  4. 4,0 4,1 „Abra: Housing Unit Occupancy Rate Nears 100%; Table 5. Household Population by Ethnicity and Sex: Abra, 2000“. Philippine Statistics Authority (2002-yil 3-aprel). 2012-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.
  5. Dalby, Andrew. Dictionary of Languages: The Definitive Reference to More Than 400 Languages. Columbia University Press, February 18, 2004 — 264-bet. ISBN 978-0-231-11569-8. 
  6. Tryon, Darrell T.. Comparative Austronesian Dictionary: An Introduction to Austronesian Studies. Ratzlow-Druck, 1994 — 171-bet. ISBN 3-11-012729-6. 
  7. Gaioni, SVD, Fr. Dominic T.. Historical Highlights of the Province of Abra From 1585 to 1920. 

Havolalar

tahrir