Abraziv asboblar (keskichlar) -abraziv materiallardan maʼlum shak-lda tayyorlanadigan asboblar. Abraziv asboblarning qattiq(mas, silliqlash doirasi, qayroqtosh) va yumshoq (mas, jilvir lat-ta) xillari boʻladi. Bular metall, tosh, shisha, taxta, rezina, charm, marmar kabi tabiiy va sunʼiy materiallar sirtini silliqlashda hamda togʻ jinslarini par-malashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Abraziv asboblar ishlab chiqaradigan Toshkent abraziv zavodi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Abraziv asboblar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil