Abror Zohidov (1979-yil 5-mart, Andijon viloyati Asaka tumani) – taniqli oʻzbek jurnalisti, Shuhrat medali sohibi[1], Oltin qalam mukofoti sovrindori[2]. Onkologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun xayriya aksiyalar tashkilotchisi[3].

Biografiyasi

tahrir

Abror Zohidov 1979-yil 5-mart kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tugʻilgan. 1995—2002-yillarda Samarqand davlat tibbiyot institutida tahsil olgan. Asl kasbi shifokorlik boʻlsa-da, jurnalistik faoliyat bilan shugʻullanadi. 2001—2017-yillarda bir qator davriy nashrlarda bosh muharrirlik qilgan[4].

Xayriya faoliyati

tahrir

Abror Zohidov vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xayriya aksiyalari uyushtirib turadi[3]. Xayriya faoliyati asosan onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga yoʻnaltiriladi. Jumladan, oʻziga tegishli boʻlgan 62 yillik tarixga ega surat auksion orqali 45 mln soʻmga sotilgach, ushbu mablagʻ onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarni davolash uchun xayriya qilgan[5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir