Abruy qoʻzgʻoloni

VI asrda Quyi Sugʻd kambagʻallari koʻtargan qoʻzgʻolon
(Abruy qo‘zg‘olonidan yoʻnaltirildi)

Abruy qoʻzgʻoloni — VI asrning 80-yillarida mahalliy tabaqa — dehqonlarga va savdo aristokratiyasiga qarshi Quyi Sugʻd (hozirgi Buxoro viloyati) aholisi kambagʻal tabaqasining koʻtargan qoʻzgʻoloni. Qoʻzgʻolonga Abruy boshchilik qilgan. X asrda yashagan Buxoro tarixchisi Narshaxiyning xabar berishicha, Buxoro aholisi Abruyni Boykand (Poykend) shahriga hokim qilib tayinlaydi.

Abruy qoʻzgʻolonidan zarar koʻrgan dehqonlar va mulkdorlarning koʻpchiligi Turk xoqonligi qoʻl ostidagi Taroz va Turkiston shaharlariga qochib borib, Turk xoqoni Qorachurindan qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurashda yordam soʻraydilar. Qorachurin oʻgʻli Sheri Kishvar (Elbars yoki Elarslon) boshchiligida Buxoroga katta lashkar yuboradi. Natijada qoʻzgʻolon bostiriladi. Buxorodagi yerlar yana oʻz egalari — dehqonlarga qaytarib beriladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Abruy qoʻzgʻoloni" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil