Abu Abdulloh ad-Daxstoniy

Faqih

Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy ad-Daxstoniy (Abu Abdulloh) — faqih. U haqida juda ko‘p ulamolar rivoyat qilganlar. U milodiy 1105-yil (hijriy 498-yil) muqaddas haj safariga borib, Bag‘dodda ham bo‘lgan. Uning tavallud yoki vafot sanasi nomaʼlum. Agarda haj safariga borgan sanasi eʼtiborga olinsa, uning vafot sanasini milodiy 1105-yil (hijriy 498-yil)dan keyin deb xulosa qilsa bo‘ladi[1].

Abu Abdulloh ad-Daxstoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy yil (hijriy yil)
Vafoti taxminan milodiy 1105-yil (hijriy 498-yil) dan keyin
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 26-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.