Abu Abdulloh an-Navkadakiy
Abu Abdulloh an-Navkadakiy (arabcha: أبو عبد الله النوكدكي — Abu Abdulloh Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniy an-Navkadakiy) — mufassir, muhaddis va roviy.
Abu Abdulloh Ahmad ibn Hishom al-Ishtixoniy an-Navkadakiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | X asr oxiri |
Vafoti | XI asr boshi |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mufassir, muhaddis, roviy |
Abu Abdulloh an-Navkadakiy Navkadak qishlog‘ida tavallud topgan bo‘lsa-da, bu qishloq Ishtixonga qarashli bo‘lgani bois, aksar manbalarda alloma Abu Abdullox al-Ishtixoniy deb ham keltirilgan. Abu Abdulloh an-Navkadakiy dastlabki ilmini Ishtixon shahriga kelib, u yerdagi allomalardan olgan.
Hadislari
tahrirKeyinchalik ilm talabida Xuroson va Iroqqa safar qilib, o‘z zamonasining mashhur allomalari Qubaysa ibn Uqba, Badl ibn Muxbar, Valid ibn Muhammad as-Salamiy, Abdulloh ibn Usmon ad-Dabusiy, Abdulloh ibn Xolid al-Marvaziy, qozi Abu Hafs Umar ibn Abu Muqotil al-Fazzoriy as-Samarqandiy va Abu Ahmad al-Hasan ibn Ali as-Sog‘arjiy kabilardan taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan. O‘z o‘rnida Abu Abdulloh an-Navkadakiydan Dovud ibn Amr al-Ishtixoniy, Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Saʼo Bakriy as-Samarqandiy, Abu Ahmad al-Hasan ibn Ali as-Sog‘arjiy va Abu-l-Fazl Abbos ibn Tayyib as-Sog‘arjiy kabi allomalar u kishidan taʼlim olganlar va hadis rivoyat qilganlar.
Ijodi
tahrirAs-Sam’oniyning „Al-Ansāb“ asarida Abu Abdulloh an-Navkadakiy „Tafsӣr“ va shu kabi bir qancha kitoblar tasnif etganligi haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan, ammo mazkur asar bizgacha yetib kelmagan[1].
Abiyotlar
tahrir- Abu-l-Hasan ash-Shayboniy. Al-Lubāb fӣ tahzӣb al-ansāb. III, 333;
- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-fikr“, 1998. XII, 164;
- Suyundiq Mustafo. Xatirchilik siymolar. 34;
- Y. Isayev, A. Abbasov. Ishtixoniy allomalar. — Samarqand: „Munis design group“, 2016. 74.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |