Hakim (985-1021) – Fotimiylar sulolasidan boʻlgan xalifa (996 yildan). H. davrida Fotimiylar xalifaligi nihoyatda kuchaygan. H. ichki siyosatida fuqarolar (ayniqsa xristian va yahudiylar) ommaviy ravishda taʼqib etilgan; baʼzan sunniy-musulmonlar ham quvgʻin qilingan. H. hukmronligi oxirida saroyda shialarning roli oshgan, ularning taʼsiri ostida H. (1017 yoxud 1018 yil) oʻzida Alloh mujassam etilganini eʼlon qilgan; buni eʼtirof etgan qavmlar druzlar firqasini tashkil etgan. 1021-yil 13-fevral da H. sayil qilib yurgan chogʻida sirli ravishda gʻoyib boʻlgan.