Abu Ali ibn Sino maqbarasi
Abu Ali ibn Sino maqbarasi — mashhur olim, faylasuf Abu Ali ibn Sino hijriy-qamariy 428-yil (milodiy 1036-yil) vafot etgan va Hamadon shahrida dafn etilgan. Ibn Sino tibbiyot, falakiyot, matematika ilmida tengsiz olim boʻlgan. Ibn Sino maqbarasi joylashgan maydonning umumiy kengligi 3090 metr kv boʻlib, maqbara granit toshdan qurilgan. Olim tavalludining 1000 yillik yubileyi munosabati bilan maqbara binosi qayta taʼmirlandi. Maqbara binosi tarkibida muzey va kutubxona mavjud. Maqbara yaqinida Ibn Sinoning qoʻlida kitob ushlagan haykali oʻrnatilgan[1].
Abu Ali ibn Sino maqbarasi | |
---|---|
Joylashuv | Abu Ali ibn Sino maydoni, Hamadon, Eron |
Binokor | Hooshang Seyhoun |
Turi | Maqbara va muzey |
Balandligi | 28-metr |
Qurila boshlagan | 1950-yil |
Qurilish tamomlangan | 1954-yil 29-aprel |
Xarita | |
Koordinatalari | 34°47′29.5″N 48°30′47.4″E / 34.791528°N 48.513167°E |
Manbalar
tahrir- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 274-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.